Assalamu aleykum. Men 2 ta maktabda ishlayman. Birida asosiy, 2-maktabda o’rindosh sifatida ishlab kelyapman. O’rindosh bo’lib ishlagan maktabimdan ta’til puli to’lanmaydimi?
Yo’q to’lanmaydi.
Haqiqatdan ham o’rindoshlik asosida dars o’tadigan xodimlarga ta’til puli berilmaydi.
Chunki O’quv mashg’ulotlarini o’tkazganlik uchun mehnatga soatbay haq to’lash miqdorlarini tasdiqlash to’g’risida qarorga (ro’yxat raqami 3157) muvofiq umumta’lim maktablarining boshlang’ich va yuqori sinflari o’qituvchilari, o’qituvchi-logopedi, logopediya shoxobchasi mudiri mehnatga soatbay haq to’lash miqdori bazaviy lavozim maoshlariga nisbatan 1.20 foizda haq to’lanadi.
E’tibor qiling! Yuqoridagi qarorga muvofiq soatbay haq to’lash miqdori tarkibiga mehnat
ta’tili haqi kiritilgan.
Xulosa qiladigan bo’lsak, soatbay haq to’lash miqdori tarkibiga mehnat ta’tili haqi
kiritilganligi tufayli o’rindoshlik asosida ishlovchi xodimlarga ta’til puli to’lanmaydi.