O’tkir Hohishimov -“Dunyoning ishlari” asari haqida

Oʻtkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasi haqida

Inson tugʻiladi… Tugʻilibdiki, oʻz bilganidan qolmaydi. Dunyo ham atay qilgandek uni har koʻyga soladi. Gohida hayotdan toʻyib ketasiz. Koʻnglingizga qil ham sigʻmaydi. Xuddi shu chogʻda hammasiga qoʻl siltab allaqayerlargadir ketishni, bularning barchasini unutishni xohlaysiz. Lekin nimadir sizni bu ishlarni qilishdan toʻxtatib qolaveradi. Sizni bandi qilgan bu kishanlar xotiralar boʻladi. Ha, ha, bu sizning yoshligingiz oʻtgan oʻsha koʻchalar, oʻsha eski uy va qachonlardir sizni quvonch va sogʻinch aralash koʻz yoshlari ila kuzatib qoʻygan, sizni intiqlik bilan kutgan insonlardan qolgan soʻnggi yodgorlik, bir uyum tuproq, xolos. Bulardan kechib qayoqqa ham borasiz. Axir siz bu yerga qachonlardir koʻnglingizni koʻmgansiz. Bas! Hech qayerga ketolmaysiz. Dunyoning ishlaridan qutulolmaysiz. Dunyo oʻzi shunday. Sizdan oldin ham shunday boʻlgan, sizdan keyin ham shundayligicha qoladi. Agar dunyo yaxshi boʻlganida edi, tugʻilganimizda yigʻlamas edik. Agar dunyo toza boʻlganida edi, oʻlganda yuvilmas edik.

Yana qaytasiz. Bir dam oʻtirib oʻyga choʻmasiz. Butun hayotingizni koʻz oʻngingizdan oʻtkazasiz. Inson naqadar ilojsizligini tushunasiz. Tushunasiz-u, yana hech nima qilolmaysiz. Oxir oqibat hammasiga koʻnasiz. Shuncha vaqt dunyo sizda yashar edi. Umringiz oxirlab borar ekan siz dunyoda yashayotganingizni his qilasiz. Inson kelaveradi, ketaveradi. Faqatgina dunyo abadiy, inson emas. Sizning oʻtgan turfa hayotingiz esa DUNYONING ISHLARI.

 

Toshkent davlat yuridik universditeti Xususiy huquq fakulteti 1-kurs talabasi Abrorov Komronbek

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications