Prezident Farmoniga binoan:
2021-yil 1-martdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirgan kundan eʼtiboran 10 kunlik muddatga oʻz yoki uchinchi mamlakatga uchish aviachiptasini taqdim qilgan quyidagi davlatlar fuqarolari uchun vizasiz rejim belgilandi:
➖ Bahrayn Qirolligi;
➖ Qatar Davlati;
➖ Quvayt Davlati;
➖ Ummon Sultonligi;
➖ Xitoy Xalq Respublikasi;
➖ Xitoy Xalq Respublikasining Gonkong va Makao maxsus maʼmuriy hududlari.
shuningdek, xorijiy aviakompaniyalarning Indoneziya, Bangladesh va Malayziya mamlakatlaridan xorijiy turistlarning Oʻzbekistonga sayohatlarini tashkil etishga qaratilgan hamda “Umra+” dasturi doirasidagi Oʻzbekistonga aviaparvozlari, qoʻnish va uchish xavfsizligi qoidalaridan tashqari, toʻsqinliksiz amalga oshiriladi.