Oʻzbekistonda yana bir koʻkrak nishon taʼsis etildi

Hukumat qarori bilan “Oʻzbekiston Respublikasi oʻrmon xoʻjaligi fidoyisi” koʻkrak nishoni taʼsis etildi

Mazkur koʻkrak nishoni bilan mamlakatimiz oʻrmon xoʻjaligi sohasini rivojlantirish, oʻrmonlarni muhofaza qilish, saqlash va koʻpaytirish, ulardan oqilona foydalanish borasida salmoqli natijalarni qoʻlga kiritayotgan fuqarolar taqdirlanadi.

Koʻkrak nishoni bilan Oʻzbekiston fuqarosi boʻlmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.

Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash uchun nomzodlar boʻyicha takliflar (maʼlumotnoma, soʻnggi uch yil davomida oʻrmonchilik sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirgan ishlari aks ettirilgan tavsifnoma bilan birga) Oʻrmon xoʻjaligi qoʻmitasiga har yili 1-fevralga qadar taqdim etiladi.

Koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiya har yili 1-martga qadar nomzodlar haqidagi tegishli hujjatlarni oʻrganib chiqadi va yakuniy xulosani qabul qiladi.

Koʻkrak nishoni har yili 21-mart – Xalqaro oʻrmonchilar kuni arafasida tantanali tarzda topshiriladi.

Taqdirlarganlarga BHMning 4 baravari (980 ming soʻm) miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti yoki esdalik sovgʻalari beriladi.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications