Oʻzbekistonda yana bir koʻkrak nishoni taʼsis etildi

“Kino sanʼati va sanoatini yangi bosqichga olib chiqish, sohani davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yana-da takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni qabul qilindi.

Mazkur farmon bilan “Oʻzbekkino” Milliy agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi etib qayta nomlanadi.

Unga koʻra, kino sanʼati va sanoati vakillarining quyidagi tashabbuslari qoʻllab-quvvatlanadi:

“Ipak yoʻli durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivalini taʼsis etish va uni 2021-yildan boshlab muntazam oʻtkazib borish;

kino sanʼati va sanoati vakillarining mualliflik huquqlarini jamoaviy asosda boshqaradigan Oʻzbekiston kino sanoati vakillari uyushmasi nodavlat notijorat tashkilotini tashkil etish;

oliy taʼlim muassasalarining kinematografiya yoʻnalishida taʼlim olayotgan talabalarini qoʻllab-quvvatlash uchun Xudoybergan Devonov nomidagi davlat stipendiyasini taʼsis etish;

“Oltin Xumo” milliy kino mukofoti taqdimotini har yili anʼanaviy ravishda oʻtkazib borish;

milliy kinematografiya sohasida samarali faoliyat koʻrsatayotgan ijodkorlar va mutaxassislarni ragʻbatlantirish maqsadida “Kinematografiya fidokori” koʻkrak nishonini taʼsis etish.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications