Oʻzbekistonga sementni olib kirishda bojxona bojining nol stavkasi qoʻllaniladi

“Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi

Farmonga koʻra, uy-joylar narxini arzonlashtirish maqsadida 2021-yil 1-apreldan yangi tartib doirasida:

▪️koʻp kvartirali uy-joylar qishloq joylarda 5 va undan yuqori qavatli, shaharlarda 9 va undan yuqori qavatli, monolit temir-beton va yirik panelli konstruksiyalar hamda boshqa qurilish materiallari asosida massiv shaklida quriladi;

▪️uy-joy quruvchi tashkilotlar uchun moʻljallangan sement hamda metall prokati boʻyicha alohida birja savdo seksiyasi joriy qilinadi;

▪️2021-yil 1-oktyabrgacha sement mahsulotini (TIF TN kodi 2523) Oʻzbekistonga olib kirishda bojxona bojining nol stavkasi qoʻllaniladi.

2021-yil 1-maygacha yakka tartibdagi uy-joylarning namunaviy loyihalari ishlab chiqilib, Qurilish vazirligi rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications