O’g’rilik va talonchilik jinoyatlarining bir-biridan farqini bilasizmi?

Jabrlanuvchining yoki boshqalarning yo’qligida yoki ular bor bo’lsa-da, ularga bildirmasdan
o’zganing mol-mulkini yashirin talon-toroj qilish o’g’rilik hisoblanadi.

Bordi-yu jabrlanuvchi yoki boshqalar mol-mulkning olinayotganligini ko’rgan bo’lsa-da, lekin
aybdor bildirmasdan harakat qilyapman deb o’ylagan bo’lsa, bunday qilmishni ham o’g’irlik deb
tavsiflash lozim.

Masalan, shaxsni o’g’rilik jinoyatini sodir etish jarayoni video kameraga yozilayotgan bo’lsada,
biroq o’g’ri “kamera ishlamayapti, meni xech kim ko’rmayapti” deb harakat qilsa, u holda xam
qilmish o’g’rilik deb topiladi.

O’zganing mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish bilan boshlangan, lekin jabrlanuvchi yoki
boshqa shaxslar tomonidan sezib qolinganiga qaramasdan aybdor tomonidan mulkka egalik qilish
maqsadida ularning hayoti va sog’lig’i uchun xavfli bo’lmagan zo’rlik ishlatib yoxud shunday zo’rlik
ishlatish bilan qo’rqitib qilingan harakatlar talonchilik deb tavsiflanadi.

Masalan, bozorda shaxs yangi shimni kiyib ko’rish uchun alohida xonaga kiradi va o’zining shimini
ichidan yangisini kiyib chiqib ketmoqchi bo’ladi. Sotuvchi buni darhol sezib qolib, “xaridor”ning
orqasidan quvib, tutmoqchi bo’ladi, lekin talonchi baqir-chaqirga qaramay qochib ketadi.

Demak, qilmish avval yashirin usulda sodir etilib (agar shu usulda egallaganda o’g’rilik
bo’lardi) so’ng aybdorning qilmishi jabrlanuvchiga ayon bo’lsada, uning mol-mulkini egallash
maqsadida ochiqdan-ochiq harakat kiladi. Talonchilikka ilmiy adabiyotlarda “surbetlarcha”,
“bezbetlarcha” xarakat qilish deb ham ta`rif berishadi.

Qaysi biri uchun jinoiy javobgarlik og’irrok?

Agar boshqa og’irlashtiruvchi xolatlar bulmasa, talonchilik uchun jinoiy javobgarlik og’irroqdir.
Sababi, bunda shaxsning sodir etgan jinoyati atrofdagilarga oshkor bo’lgan bo’lsada, noqonuniy
harakatdan to’xtamaydi va davom etadi.

Xulosa

O’g’rilik – yashirin usulda o’zganing mol-mulkini talon-taroj qilish. Jinoyat Kodeksi 169-modda;

Talonchilik – ochiqdan-ochiq usulda o’zganing mol-mulkini talon-taroj qilish. Jinoyat Kodeksi 166-modda.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications