Oila huquqida aliment majburiyati

Begmurodov Ixtiyor

Toshkent davlat yurudik universiteti xususiy huquq fakulteti 3-kurs talabasi

Annotatsiya. Mazkur maqolada oilaning huquqiy munosabatlari, uning qonuniy asoslari, nikohning qonuniyligi, nikoh shartnomasining dolzarbligi, oila va nikoh munosabatlarida kelib chiquvchi nizolarning ildizlari, aliment belgilash tartibi va uni undirish tamoyillari, ota-onaning farzandlar oldidagi javobgarligi va farzandlarning ota-ona oldidagi javobgarligi, shuningdek voyaga yetmagan bolalarning ta’minot olish huquqlari haqida ,har bir farzandning oila bag‘rida yashash huquqining mavjudligi, bu orqali yoshlarning marginallashuvining oldini olish va oilalarning degredatsiyaga uchrashiga yo‘l qo‘ymaslik haqida fikrlar bildirilgan.

Kalit so‘zlar.Konstitutsiya, fuqarolik, Oila kodeksi, oila, nikoh, aliment, farzand, moddiy ta’minot, sud, bola huquqi, vasiylik, mehnatga layoqatlilik, majburiy ijro, ajrim, huquqiy ong, homiylik, o‘gay ota-ona, o‘gay qiz (o‘g‘il).

KIRISH

Oila yuridik tushuncha sifatida shunchaki odamlarning o‘zaro er-xotin yoki qarindoshlik rishtalari bilan mustahkamlangan guruhi emas, balki qonunda belgilangan huquq va majburiyatlarga ega bo‘lgan shaxslar guruhidir. Binobarin, oila a’zolari o‘rtasidagi munosabatlar oila huquqi normalari bilan belgilangan bo‘lib ular oilaviy-huquqiy munosabatlar deyiladi. Ma’lumki ibtidoiy jamoa tuzumidan boshlab nikoh munosabatlari mavjud. Ilk davrda odamlar bilar-bilmas er-xotin, farzand tuyg‘ularini his qilib, bir-birlari oldidagi burchlarini ham bajarar edilar.

Avvalo, bu munosabatlar “guruhli nikoh”, keyinchalik “juft nikoh”deb ataldi. Jamiyatda inson ongi rivoj topgan sari nikoh munosabatlarida ham o‘zgarishlar yuzaga keldi. Jamiyatdagi urug‘chilik davri onalik davridan patriarxat-otalik davriga o‘ta boshladi. Bu davrga kelib erkaklar o‘z xotiniga, ulardan tug‘ilgan farzandlarga, topilgan daromadiga o‘zi ega bo‘lishi tuyg‘usi vujudga keldi. Bu davr sivilizatsiya deb atalib, yakka nikoh monogamiyaning kelib chiqishiga asos soladi. Shunday qilib nikoh munosabatidagi o‘zgarishlar, oilada ham ulkan o‘zgarish tug‘dirdi. Urug‘chilik davrida ham, bugun ham oilaviy munosabatlarning asosiy maqsadi bir-birlariga yordam berish, tarbiyalash, g‘amxo‘rlik qilsh xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lib, bu tashkilotda eng yaqin insonlar birlashadi. Ma’lumki, kishi oilada rivojlanadi, kamol topadi. Mustaqil Respublikamiz kelajagiga o‘z hissasini qo‘shadigan shaxs eng avvalo oilada tarbiyalanadi. Oila, nikohdagilarning o‘rtasida ahillik bo‘lsagina, mustahkam bo‘la oladi. Shuning uchun nikoh nima, qanday tuziladi, jamiyatimizda uning o‘rnini qanday degan savollar muhim ahamiyat kasb etadi. Oila bu ota-ona, er-xotin, farzand va qarindosh-urug‘lardan tuzilgan uyushma bo‘lib, oila a’zolari o‘rtasida mulkiy va shaxsiy huquq, majburiyatlarni vujudga keltiradi. Oila, davlat himoyasidadir. Oilaning davlatimizning kelajagidagi o‘rniga keng baho berib, Konstitutsiyaning 77- moddasida “Ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar o‘z farzandlarini voyaga yetguniga qadar boqishi, ularning tarbiyasi, ta’lim olishi, sog‘lom, to‘laqonli va har tomonlama kamol topishi xususida g‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar.”, degan jumlalarning kiritilgani inson qadrini qonun bilan himoya qilishdir

MAVZUGA OID ADABIYOTLARNING TAHLILI

Oila munosabatlari “O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksi” bilan tartibga solinadi. Bu munosabatlarni nikoh, er-xotin, ota-ona, farzandlar, oilaning boshqa a’zolari o‘rtasidagi munosabatlardir. Ma’lumki, 1998-yil ”Oila yili” deb e’lon qilindi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan oila manfaatlarini ta’minlash borasida 1998-yilda amalga oshiriladigan tadbirlar borasida davlat dasturi tasdiqlandi. Shuningdek, 1998-yil 2-fevraldagi qaror bilan Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi tashkil etildi. Mustaqil O’zbekistonimiz 1995-yil 6-martda “Onalikni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Konvensiyaga qo‘shildi. Oila huquqining manbalari: O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi:

-O’zbekiston Respublikasi Oila Kodeksi (1998-yil 30-aprelda №607-1sonli O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan va 1998-yil 1-sentabrdan boshlab kuchga kiritilgan);

-O’zbekiston Respublikasining fuqorolik kodeksi

-O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan oila huquqiga oid qonunlar;

-O’zbekiston Respublikasi Prezidentining oila huquqiga oid farmon va farmoyishlar, qarorlar:

-O’zbekiston Respublikasi hukumatining normativ huquqiy hujjatlari;

-Xalqaro huquq normalari kabilar hisoblanadi.

KIRISH

Oila yuridik tushuncha sifatida shunchaki odamlarning o‘zaro er-xotin yoki qarindoshlik rishtalari bilan mustahkamlangan guruhi emas, balki qonunda belgilangan huquq va majburiyatlarga ega bo‘lgan shaxslar guruhidir. Binobarin, oila a’zolari o‘rtasidagi munosabatlar oila huquqi normalari bilan belgilangan bo‘lib ular oilaviy-huquqiy munosabatlar deyiladi. Ma’lumki ibtidoiy jamoa tuzumidan boshlab nikoh munosabatlari mavjud. Ilk davrda odamlar bilar-bilmas er-xotin, farzand tuyg‘ularini his qilib, bir-birlari oldidagi burchlarini ham bajarar edilar.

Avvalo, bu munosabatlar “guruhli nikoh”, keyinchalik “juft nikoh”deb ataldi. Jamiyatda inson ongi rivoj topgan sari nikoh munosabatlarida ham o‘zgarishlar yuzaga keldi. Jamiyatdagi urug‘chilik davri onalik davridan patriarxat-otalik davriga o‘ta boshladi. Bu davrga kelib erkaklar o‘z xotiniga, ulardan tug‘ilgan farzandlarga, topilgan daromadiga o‘zi ega bo‘lishi tuyg‘usi vujudga keldi. Bu davr sivilizatsiya deb atalib, yakka nikoh monogamiyaning kelib chiqishiga asos soladi. Shunday qilib nikoh munosabatidagi o‘zgarishlar, oilada ham ulkan o‘zgarish tug‘dirdi. Urug‘chilik davrida ham, bugun ham oilaviy munosabatlarning asosiy maqsadi bir-birlariga yordam berish, tarbiyalash, g‘amxo‘rlik qilsh xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lib, bu tashkilotda eng yaqin insonlar birlashadi. Ma’lumki, kishi oilada rivojlanadi, kamol topadi. Mustaqil Respublikamiz kelajagiga o‘z hissasini qo‘shadigan shaxs eng avvalo oilada tarbiyalanadi. Oila, nikohdagilarning o‘rtasida ahillik bo‘lsagina, mustahkam bo‘la oladi. Shuning uchun nikoh nima, qanday tuziladi,

jamiyatimizda uning o‘rnini qanday degan savollar muhim ahamiyat kasb etadi. Oila bu ota-ona, er-xotin, farzand va qarindosh-urug‘lardan tuzilgan uyushma bo‘lib, oila a’zolari o‘rtasida mulkiy va shaxsiy huquq, majburiyatlarni vujudga keltiradi. Oila, davlat himoyasidadir. Oilaning davlatimizning kelajagidagi o‘rniga keng baho berib, Konstitutsiyaning 77-moddasida “Ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar o‘z farzandlarini voyaga yetguniga qadar boqishi, ularning tarbiyasi, ta’lim olishi, sog‘lom, to‘laqonli va har tomonlama kamol topishi xususida g‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar.”, degan jumlalarning kiritilgani inson qadrini qonun bilan himoya qilishdir

MAVZUGA OID ADABIYOTLARNING TAHLILI

Oila munosabatlari “O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksi” bilan tartibga solinadi. Bu munosabatlarni nikoh, er-xotin, ota-ona, farzandlar, oilaning boshqa a’zolari o‘rtasidagi munosabatlardir.

Ma’lumki, 1998-yil ”Oila yili” deb e’lon qilindi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan oila manfaatlarini ta’minlash borasida 1998-yilda amalga oshiriladigan tadbirlar borasida davlat dasturi tasdiqlandi. Shuningdek, 1998-yil 2-fevraldagi qaror bilan Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi tashkil etildi. Mustaqil O’zbekistonimiz 1995-yil 6-martda “Onalikni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Konvensiyaga qo‘shildi. Oila huquqining manbalari: O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi:

-O’zbekiston Respublikasi Oila Kodeksi (1998-yil 30-aprelda №607-1sonli O’zbekiston

Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan va 1998-yil 1-sentabrdan boshlab kuchga kiritilgan);

-O’zbekiston Respublikasining fuqorolik kodeksi

-O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan oila huquqiga oid qonunlar;

-O’zbekiston Respublikasi Prezidentining oila huquqiga oid farmon va farmoyishlar, qarorlar:

-O’zbekiston Respublikasi hukumatining normativ huquqiy hujjatlari;

-Xalqaro huquq normalari kabilar hisoblanadi.

TAHLIL VA NATIJALAR

Oila huquqi – fuqorolik huquqi fanining ajralmas qismi hisoblanib, u asosan erkak va ayol o‘rtasida nikoh tuzish tartibi va shartlari, er-xotinning mulkiy va mulkiy bo‘lmagan shaxsiy munosabatlaridan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlari nikohning tugatilishi va uning haqiqiy hisablanmaslik oqibatlari, asoslari va tartibi, qon-qarindoshlik va farzandlarning nasl-nasabini belgilash qoidalari, ota-onalar hamda farzandlarning shaxsiy va nomulkiy va mulkiy huquq hamda majburiyatlari farzandlikga olish, vasiylik va homiylik belgilash qoidalari va shu kabi boshqa bir munosabatlarni tartibga soladi. O’zbekiston Respublikasi Oila Kodeksi O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1998-yil 30-aprel qarori bilan qabul qilindi va 1998-yil 1-sentabrdan kuchga kiritildi. O’zbekiston Respublikasi Oila Kodeksi 8-bo‘lim, 30-bob, 238 ta moddadan iborat. O’zbekiston Respublikasi Oila Kodeksiga O’zbekiston Qonunchiligi uchun yangilik bo‘lgan: nikoh shartnomasi, qon-qarindoshlik va bolalarning nasl-nasabini belgilash, alimentlar to‘lash to‘g‘risida kelishish bolalarning oiladagi huquqlari va ota-onalarni moddiy ta’minlash to‘g‘risidagi majburiyatlar hamda ota-onalarning voyaga yetmagan farzandlarini moddiy ta’minlash majburiyatlari, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish va shunga o‘xshash muhim yangi qoidalar kiritilgan. Mana oilaning huquqiy manbalarini ko‘rdik. O’zi nikohning tartiblari qay holda tuziladi? Oila kodeksining  14 va 15 – moddalariga muvofiq, nikoh iхtiyoriy ravishda nikoh yoshiga (erkaklar uchun 18 yosh, ayollar uchun 17 yosh) yetgandan soʻng tuziladi. Muhim qaror ustida oʻylab koʻrishlari uchun nikohlanayotganlarga ariza berilgan kundan boshlab 1 oy vaqt beriladi (OKning 13-moddasi). Hatto nikoh rasman rasmiylashtirilmagan boʻlsa ham, nikoh yoshi toʻgʻrisidagi talabni buzganlik uchun Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning (bundan keyin – MJTK) 47-3- moddasiga binoan katta jarimalar belgilangan. Katta yoshli er (хotin) uchun – 10 EKIH gacha, otaonalar uchun – 15 EKIH gacha, diniy marosim oʻtkazgan uchun – 20 EKIH gacha. Erga tegishga majburlash esa jinoiy javobgarlikka olib keladi (JKning 136-moddasi). [3.- B. 8]. Bugun jamiyatda oila degan muqaddas dargohning mustahkamligini saqlash va bu qo‘rg‘onni asrab avaylash borasida Davlat siyosati darajasida ishlar olib borilmoqda. Shu o‘rinda Oila kodeksining 4-moddasida: “O‘zbekiston Respublikasida oila, onalik, otalik va bolalik davlat himoyasidadir. O‘zbekiston Respublikasida onalik va otalik izzat-ikromga hamda hurmatga sazovordir” [3.- B.5], degan jumlalar bitilgan. Afsuski bugun jamiyatda mana shunday muqaddas dargohning qadriga yetmagan oilalar ajrashib, farzandlar yetim bo‘lib, qaysi biri ona mehri, yana qaysi biri ota taftini his qilmasdan ulg‘ayib kelmoqdalar. Ho‘sh bunday holatlar qanday tartibda amalga oshirilmoqda. Oila kodeksining 37-moddasiga ko‘ra: “Nikoh er-xotindan biri yoki har ikkalasining arizasiga muvofiq nikohdan ajratish yo‘li bilan, shuningdek sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan er yoki xotinning vasiysi bergan arizaga muvofiq tugatilishi mumkin” [3.- B.18]. Bu ajrashishlar ortidan farzandlarning otasiz yoki onasiz ulg‘ayishlari achinarli hol albatta. Ushbu kodeksning XI bobining 65- moddasida “Har bir bola oilada yashash va tarbiyalanish, o‘z ota-onasini bilish, ularning g‘amxo‘rligidan foydalanish, ular bilan birga yashash huquqiga ega, bola manfaatlariga zid bo‘lgan holatlar bundan mustasnodir. Bola o‘z ota-onasi tomonidan tarbiyalanishi, o‘z manfaatlari ta’minlanishi, har taraflama kamol topishi, insoniy qadr-qimmatlari hurmat qilinishi huquqiga ega. Bolaning ota-onasi bo‘lmaganda yoki ular ota-onalik huquqidan mahrum qilinganda va bola ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan boshqa hollarda uning oilada tarbiyalanish huquqi vasiylik va homiylik organi tomonidan ta’minlanadi” deb belhilangan [3.- B.28].

Xalqaro huquqshunoslarning ma’lumotiga ko‘ra, dunyoda ham ajralishlar soni ancha ko‘payib bormoqda. Jumladan, Buyuk Britaniyada yolg‘iz onalar va yolg‘iz qariyalar soni yildan yilga ko‘paymoqda [5.- B.15].

Shuningdek,O’zbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risi”dagi Qonunning 13-24-moddalarida ham “Har bir bola oilada yashash va tarbiyalanish, o‘z ota-onasini bilish, ular bilan birga yashash va ularning g‘amxo‘rligidan foydalanish huquqiga ega, uning manfaatlariga zid bo‘lgan hollar bundan mustasno. Bolaning ota-onasi bo‘lmaganda, ular ota-onalik huquqidan mahrum qilinganda hamda bola ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan boshqa hollarda uning oilada yashash hamda tarbiyalanish huquqi vasiylik va homiylik organi tomonidan ta’minlanadi. Bola otasi, onasi, bobosi, buvisi, aka-ukalari, opa-singillari va boshqa qarindoshlari bilan ko‘rishish huquqiga ega. Ota-onasining nikohdan ajralishi, nikohning haqiqiy emas deb topilishi yoki

ota va onaning boshqa-boshqa yashashi bolaning huquqlariga ta’sir qilmaydi” [4.- B.3]. Endi ajrashgan ota yoki ona farzandining ta’minoti uchun uning to 18 yoshga to‘lgunga qadar moddiy ehtiyojlarini ta’minlash uchun moddiy ta’minot beradilar. Shuningdek ota-ona keksaygan cho‘g‘ida o‘z farzandlaridan moddiy ta’minot olish huquqiga ega. Bu moddiy ta’minotlar qonunda aliment deb ataladi.

Ota-ona hamda bolalarning aliment huquqi va majburiyatlari haqida so’z borar ekan, Oila kodeksining XIV bob, 96-moddasida Ota-ona voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berishi shart. Voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berish majburiyatini ixtiyoriy ravishda bajarmagan ota (ona)dan

sudning hal qiluv qaroriga yoki sud buyrug‘iga asosan aliment undiriladi. Voyaga yetmagan bolalarga aliment to‘lash haqida ota-ona o‘rtasida kelishuv bo‘lmaganda yoki aliment ixtiyoriy ravishda to‘lanmaganda va ota-onadan birortasi ham aliment undirish to‘g‘risida sudga da’vo yoxud ariza bilan murojat qilmagan hollarda, vasiylik va homiylik organlari, shuningdek o‘n to‘rt yoshga to‘lgan bola voyaga yetmagan bolaning ta’minoti uchun ota yoki onadan qonunda belgilangan miqdorda aliment

undirish to‘g‘risida da’vo qo‘zg‘atishga haqlidir”, deb belgilangan. Bundan ko‘rinadiki ota yoki ona sud qarori asosida farzand qaysi birining qaramog‘ida qolayotgan bo‘lsa, unga aliment to‘laydi. Ushbu

kodeksning 98-moddasi esa alimentning qay tartibda to‘lash haqida gapiriladi. Jumladan: “Ota-ona voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berish uchun aliment to‘lash tartibini o‘zaro kelishgan holda belgilashga haqlidirlar. [3.- B.44]. Shuningdek Sud boshqa boshqa ota-onadan tug‘ilgan farzandlar uchun to‘lanadigan aliment miqdori oshiqcha to‘lansa agar,davogar tomon ariza kiritib kamaytirish

yohud ma’lum vaqtga to‘xtatish huquqiga ega, deb belgilangan qonunchilikda [6.- B.148]. Voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berish uchun aliment to‘lash tartibi va shakli haqida ota-ona o‘rtasidagi kelishuv qonunda belgilangan qoidalarga va bolaning manfaatlariga zid bo‘lmasligi kerak. Alimentning miqdori qanday belgilanadi? – degan savol paydo bo‘ladi. Ushbu kodeksning 99- moddasiga ko’ra, “Agar voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berish haqida ota-ona o‘rtasida kelishuv bo‘lmasa, ularning ta’minoti uchun aliment sud tomonidan ota-onaning har oydagi ish haqi va (yoki) boshqa daromadining bir bola uchun – to‘rtdan bir qismi; ikki bola uchun – uchdan bir qismi; uch va

undan ortiq bola uchun – yarmisi miqdorida undiriladi. Bu to‘lovlarning miqdori taraflarning moddiy yoki oilaviy ahvolini va boshqa e’tiborga loyiq holatlarni hisobga olgan holda sud tomonidan kamaytirilishi yoki ko‘paytirilishi mumkin.” [3.- B.44]. Ota-ona nafaqat farzandi voyaga yetgunga qadar, balki voyaga yetgan farzandiga ham aliment

to‘lashi mumkin [7.- B.28]. Agar qonunchilikka binoan davogar ariza kiritsa, ta’minotchi aliment to‘lashda davom etadi. Xo‘sh, qanday hollarda voyaga yetgan farzandga ham aliment to‘lash mumkin?

Ushbu kodeksning 100-moddasida “Ota-ona voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalariga ta’minot berishi shartdir.

Voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalariga ta’minot berish ota-onaning kelishuviga binoan amalga oshiriladi. Ota-ona o‘rtasida bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda nizo sud tartibida hal qilinadi”, deb belgilab berilgan. Hamda bu jarayon Fuqarolik kodeksining 2-qismi 56, 267, 344-moddasi bilan sud tomonidan qanoatlantirishi mumkin [2.- B.131].

Alimentni to‘lashda qanday daromadlar qonunchilikda hisobga olinishi mumkin. Oila kodeksining 104-moddasida “Aliment O‘zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida pul yoki natura tarzida olingan barcha turdagi daromadlardan ushlab qolinadi. Chet el valyutasida olinadigan daromadlar aliment undiriladigan kunda amalda bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy kursi bo‘yicha so‘mlarda hisoblanadi” deyilgan. Agar farzand vasiy yoki yaqin qarindoshlaridan biri bilan yashayotgan bo‘lsa,u orqali o‘ziga ajratiladigan moddiy ta’minotni olish huquqiga egadir [8.- B.12].

Ota yoki ona alimentni qanday kamaytirsa yoxud alimentdan ozod bo‘lishi mumkin? Bu haqida qununchilikda qanday yo‘llar berilgan? Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasining Oila kodeksi yildan yilga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish orqali boyitilib, takomillashtirilib borilmoqda.

Ushbu kodeksning 105-moddasida alimentni kamaytirish va undan butunlay ozod bo‘lish haqida “Aliment to‘layotgan ota-onaning boshqa voyaga yetmagan bolalari bo‘lib, undan qonunda belgilangan miqdorda aliment undirilganda o‘sha bolalar aliment olayotgan bolalarga nisbatan moddiy jihatdan kamroq ta’minlanib qoladigan bo‘lsa, shuningdek aliment to‘layotgan ota (ona) nogiron bo‘lib, moddiy jihatdan qiynalib kelayotgan bo‘lsa yoki aliment olayotgan shaxs mustaqil daromadga

ega bo‘lgan taqdirda, aliment miqdori sud tomonidan kamaytirilishi mumkin [11.- B.116]. Agar voyaga yetmagan bola davlat yoki nodavlat muassasalarining to‘liq ta’minotida bo‘lsa,

sud aliment to‘layotgan ota yoki onaning moddiy ahvolini hisobga olib, to‘lanayotgan aliment miqdorini kamaytirish yoki uni aliment to‘lashdan ozod qilish haqida hal qiluv qarori chiqarishi

mumkin. Aliment majburiyati bu fuqarolik huquqiy majburiyatidan farq qiladi. Aliment oilaviy huquqiy munosabat hisoblanadi [9.- B.11].

Aliment miqdorini kamaytirish yoki uni to‘lashdan ozod qilish uchun asos bo‘lgan holatlar tugaganda manfaatdor taraf aliment qonunda belgilangan miqdorda undirilishini talab qilib, sudga

murojaat etishga haqli [10.- B.4]. Bugungi kunda oilalar mustahkamligi va ularning ajarilishini oldini olish uchun davlat siyosati

darjasida ishlar amalga oshirilmoqda. Biroq bu juda past natija qayd etmoqda. Buni quydagi raqamlarda ham ko‘rish mumkin.

2021- yil 4 oyi davomida 12 806 ta oilaviy ajrashish bo‘lgan. Bu haqda AOKA da bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi boshqarma boshlig‘i M. Nurmatova ma’lum qildi. 30 yoshgacha bo‘lganlar orasida oilaviy ajrashish 3674 tani tashkil etadi.

Biroq 2021-yilning dekabr oyiga kelib, yillik ajralishlar soni 35 660 tani tashkil etgan. Bir kuniga 114 ta oila ajrashgan, bu ko‘rsatkich 2020- yilda 77 ta bo‘lgan [12].

O‘rganishlarga ko‘ra, oilaviy ajrimlarga asosan:

er-xotin o‘rtasidagi kelishmovchilik sabablari — 48,4% ni;

uchinchi shaxs, qaynona-qaynota yoki qarindoshlar aralashuvi sabab sodir bo‘lgan ajrimlar — 17,4%;

yoshlarning oila qurishga tayyormasligi tufayli — 11 foizdan oshiqroq;

moddiy yetishmovchilik, turmush o‘rtog‘ining ishsizligi va boshqa iqtisodiy qiyinchiliklar tufayli — 6,3%;

bepushtlik — 5,3%;

tomonlardan birining ichkilik, giyohvand modda yoki boshqa zararli odatlarga berilishi sabab — 5,5%;

ichki va tashqi migratsiya sabab ajralishlar — 3,5% ni tashkil etadi.

Bu raqamlar o‘z-o‘zidan jamiyatda quyidagi hollarni keltirib chiqarishi mumkin:

Birinchidan, jamiyatda o‘sib kelayotgan yoshlarda oilaga nisabatan ishonchning pasayishiga;

Ikkinchidan, milliy qadriyatlarning yoshlar ongiga yetib bormayotganligini.

Bugungi kunda O’zbekistonda aliment undirish uchun “Alimentlarni oldindan tolash, shuningdek, aliment to‘lash majburiyatini ta’minlash

bo‘yicha garov shartnomasini tuzish tartibi to‘g‘risi”dagi Nizomni tasdiqlash haqida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori (06.10.2018 yildagi 808-son) qabul qilingan. [12].

XULOSA VA TAKLIFLAR

Yuqoridagi o‘rganish va kuzatishlar orqali shunday xulosa qilish mumkin:

Birinchidan, mustahkam oila paydo qilish uchun insonlar o‘rtasidan ijobiy aloqalar bo‘lishi

shartligi, qolaversa, majburiyat uchun oila qurmaslik shartligini;

Ikkinchidan, nikoh munosabatlarida nikoh shartnomasining notarial tarzda kamdan-kam, ba’zi hollarda umuman tuzilmayotganligi, qonun ijrosining pastligini ko‘rsatayotganligini;

Uchinchidan, aliment undirishning va uning miqdorini belgilashning natijadorligi pastligini;

To‘rtinchidan, ulg‘ayib kelayotgan yoshlarda oilaga nisbatan ishonchning pastligini;

Beshinchidan, oilalarning degredatsiya(tanazzul)ga uchrashiga qarshi qonunchilik tashabbusini yanada kuchaytirish kerakligini ko‘rishimiz mumkin. Kelgusida bu jarayonlarda qonunchilikning kuchayishi har bir oila mustahkam ildiz otib, har bir farzand o‘z ota-onasi bag‘rida yashashi bugungi inson qadrini ulug‘lash uchun qilinayotgan ishlar samarasi bo‘lar edi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – Тошкент: O‘zbekiston, 2023.

2. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi. I qism. – Тошкент: O‘zbekiston, 1997. –

31,121,141,151-b. 56,267,314,344-m

3. O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi. –Toshkent: Adalot,2018. 8-22,54-56 b.

4. O‘zbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari”. – Toshkent: O‘zbekiston, 2019.

5. Otaxo‘jayev F.M., Yuldasheva Sh.R. Oila huquqi. – Toshkent: Cho‘lpon, 2013. – 15 b.

6. Oila va nikoh munosabatlaridan kelib chiquvchi nizolar bo‘yicha amaliyoti (sudyalar uchun

qo‘llanma). – Toshkent: Baqtria press, 2015. – 147-151 b.

7.

Voyaga yetmaganlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi. – Тoshkent: Aloqachi, 2010.

– 28 b.

8.

Ibragimova A., Aliment undirish to‘g‘risidagi ishlarni sudda ko‘rish. – Тoshkent: TDYI

nashriyoti, 2011. – 11 b.

9.

Abdurahmonova X.B. Ota-ona va bolalar aliment huquqlari va majburiyatlarining kollizion

tartibga solinishi. – Toshkent.: Top Image Media, 2015. – 9-26 b.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications