Oilaviy mehmon uylari qanday tashkil etiladi?

Oilaviy mehmon uylari – mehmon uylarida uy egasining oila a’zolari bilan birga yashash tamoyili bo‘yicha bir vaqtning o‘zida 10 nafargacha tashrif buyuruvchilarga (turistlarga) vaqtincha yashash va (yoki) ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi, shuningdek, har bir yashovchiga 3 m2 hisobidan to‘g‘ri keladigan zaruriy turarjoy maydoniga ega bo‘lgan xususiy uy-joy hisoblanadi;

oilaviy mehmon uylari xizmatlari oilaviy mehmon uyi tashkil etish uchun yaroqli turarjoy binosiga ega bo‘lgan va unda yashovchi xususiy tadbirkorlar yoki oilaviy tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan ko‘rsatiladi;

oilaviy mehmon uylari xizmatlarini sertifikatlashtirish soddalashtirilgan holda, oilaviy mehmon uylarini o‘rganish dalolatnomasi asosida ularni Oilaviy mehmon uylari va xostellar yagona reestriga kiritish va Oilaviy mehmon uylari va xostellar yagona reestridan tegishli ko‘chirma berish yo‘li bilan amalga oshiriladi;

ariza 3 kunlik muddat ichida ko‘rib chiqiladi (yig‘im undirilmaydi)

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi oilaviy mehmon uylarini ro‘yxatga olish va Oilaviy mehmon uylari va xostellar yagona reestrini yuritishni amalga oshiradi.

Mehmon uylari tashkil etishda belgilangan ro‘yxat bo‘yicha majburiy shart-sharoitlarga muvofiq bo‘lishi shart.

Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar:

  • xususiy tadbirkor yoki oilaviy tadbirkorlik subyekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;
  • bino va inshootga bo‘lgan huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi.

Mehmon uylari egalarining huquqlari:

  • turar joy binosini o‘z ixtiyoriga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining turarjoylar to‘g‘risidagi qonunchiligi va belgilangan me’yorlar doirasida tasarruf etish;
  • ijarada turuvchilarni (turistlarni) mehmon uyiga ularni butunjahon Internet axborot tarmog‘i va axborot-turistik markazlari orqali, ular mavjud bo‘lmagan hollarda esa, bildirish tartibida hududiy ichki ishlar organlariga murojaat qilish yo‘li bilan ro‘yxatga qo‘yish orqali ijara shartnomasini rasmiylashtirmasdan joylashtirish;
  • tashrif buyuruvchilar (turistlar) tomonidan jamoat tartibi me’yorlari buzilgan hollarda joylardagi huquqni muhofaza qilish organlari bilan o‘zaro bog‘lanib harakat qilish;
  • turizm faoliyati sub’ektlariga berilgan imtiyozlardan qonunchilikda belgilangan tartibda foydalanish.
Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications