Oliy sudga 9 nafar sudya saylandi. 3 nafar sudya esa lavozimidan ozod etildi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori eʼlon qilindi.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 80-moddasining 3-bandiga va “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni 9-moddasi birinchi qismining 3-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati

Q A R O R  Q I L A D I :

1. Quyidagilar:

Jaxongir Isroilovich Gaybullayev oʻn yillik muddatga;

Djaxangir Baxtiyarovich Djurayev oʻn yillik muddatga;

Raxmon Norinovich Madumarov muddatsiz davrga;

Otabek Xasanovich Nazarov muddatsiz davrga;

Jaxongir Akramovich Rasulov oʻn yillik muddatga;

Rovshan Mirsidikovich Sagatov oʻn yillik muddatga;

Faxriddin Maxmudovich Xalilov oʻn yillik muddatga;

Sherzod Nurullayevich Sherkulov oʻn yillik muddatga;

Oybek Azamovich Qodirov oʻn yillik muddatga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimiga saylansin.

2. Boshqa ishga oʻtganligi munosabati bilan:

Shuxrat Raxmatovich Abbasov;

Anvar Xamidovich Shukurullayev;

Jamol Kamolovich Qaxxorov Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimidan ozod etilsin.

3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications