Oliy ta’limda sifatli bilim olishda talabalarning manfaatdorligini (motivatsiyasini) oshirish uchun o’quv jarayoni va metodikasini o’zgartirish yo’llari

Oliy ta’lim muassasalari jamiyatning ziyoli qatlamini yetishtirib berishga xizmat qiladigan, millatni tarbiyalaydigan asosiy maskan hisoblanadi. Jamiyatning ijtimoiy hayoti va uning rivojlanishi bevosita Oliy ta’lim muassasalarining samarali faoliyati bilan bog’liqdir.

Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimining samarali faoliyat ko’rsatishi uchun to’siq bo’lib kelayotgan muammolar talaygina.
Quyida biz Oliy ta’limdagi bir nechta muammolarni hal qilish borasida takliflarni ilgari suramiz.
Ta’lim tizimidagi o’quv rejalari hozirgi dunyo talabiga mos kelmaydi. Shuningdek, o’quv rejalari amaliyot bilan uzviy bog’lanmagan. Masalan, nomutaxasislik fanlari maxsus fanlarga qaraganda ustunlik kasb etadi. Bu holat esa, mutaxasislik fanlarining oqsashiga olib keladi.
Ushbu muamoga yechim sifatida shuni aytishimiz mumkinki, talabalar tor doirada mutaxasislikka o’qitilishi lozim. Zero, ular o’z kasbining ustasi, mutaxasisi bo’lishi lozim. Har bir sohada bir shingil, chalasavod mutaxasis emas.

Yana bir muammolardan biri, Professor-o’qituvchilarning axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini yetarli darajada bilmasligi. Bu hozirgi globallashuv davrida fojia bilan barobardir. Chunki, aynan shu nuqson sababli kasbiy mahorat darajasi zamon talablariga mos kelmay qoladi.
Ushbu muammoni bartaraf qilish yechimi esa yagonadir. Yanikim, Oliy ta’lim vazirligi Professor-o’qituvchilarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yetarli darajada o’rganishlari va bu sohada yetarlicha ko’nikmalarga ega bo’lish darkorligini, majburiyat sifatida belgilab qo’ymog’i lozim.
Keying muamolardan yana biri, o’quv adabiyotlarining yetishmasligi, shuningdek, mavjud adabiyotlar hozirgi zamon talabiga javob bermasligidir.

Ushbu muammoga quyidagicha yechim berishimiz mumkin. Yanikim, davlat ushbu sohani qo’llab-quatlash va rivojlantirish maqsadida “Davlat fondi” tashkillashtirishi lozim. Shundagina, ushbu muammo o’z yechimini topadi va yangi avlod darsliklari yaratiladi.
Hozirgi kunda juda ko’p talabalar o’qish bilan uzviy ravishda o’zlarining soha mutahasisligiga bog’liq bo’lmagan ishlar bilan shug’illanib, o’zlarining chiqimlari uchun mablag’ topmoqdalar. E’tiborli jihati shundaki, aksarriyat talabalarning topayotgan summalari 500 ming so’mdan 1 000 000 so’mgachadir. To’g’ri, bu holat qaysidir ma’noda ijobiy jihatlari ham mavjuddir. Lekin, tanganing ikkinchi tarafi ham bor. Yanikim, talabalar ilim bilan shug’ullanish kerak bo’lgan bir davrda, zaruriyat yuzasidan boshqa ishga chalg’imoqdalar. Agar ushbu talabalar faqat ilim bilan shug’illanib diqqatli bo’lsalar, balki ulardan davlatga nafi tegadigan mutaxasis kadrlar yetishib chiqar.
Ushbu muammoli holatni hal qilish uchun, Oliy ta’limda sifatli bilim olishda talabalarning manfaatdorligini (motivatsiyasini) munosib rag’batlantirish lozim.

Quyida biz sifatli bilim olishda talabalarning manfaatdorligini oshirish bo’yicha o’ziga hos mexanizmni taklif etamiz.
Har bir Oliy ta’lim maskanlari o’zlarining shaxsiy stipendiyasini (“Universitet stipendiyasi” yoki “Institut stipendiyasi”) joriy etishlari lozim.

“Universitet stipendiyasi” yoki “Institut stipendiyasi”ni olish mexanizimini quyidagicha tashkil etish darkor.

Har bir semester yakunida universitet yoki institut talabalarining o’n foizi (umumiy o’zlashtirish darajasi inobatga olingan holda, yuqoridan pastga) “Universitet stipendiyasi” yoki “Institut stipendiyasi”ga loyiq deb topilishi lozim. Ushbu stipendiyalarning amal qilish muddati, keying semester yakuniga qadar, har oy to’lab borilishi kerak.

Talabalarga to’lanadigan “Universitet stipendiyasi” yoki “Institut stipendiyasi”ning miqdori.

Umumiy kontrakt (univesitet yoki institut tomonidan belgilangan kontrakt shartnomasi ) sumasining o’n besh foizi miqdorida belgilanishi darkor.

“Universitet stipendiyasi” yoki “Institut stipendiyasi”ning shakllantirish manbasi.

Semester davomida tashkillashtiriladigan oraliq va (yoki) yakuniy nazorat imtihonlardan o’ta olmagan talabalar, universitet yoki institut tomonidan belgilangan kontrakt shartnomasi sumasining besh foizi miqdorida to’lovni amalga oshirgandan so’ng ikkinchi bor oraliq yoki yakuniy nazorat ishlarini topshirishga imkon beriladi. Agar talaba ikkinchi bor oraliq yoki yakuniy nazorat ishlaridan o’ta olmasa, to’lov summasi yuz foizga ko’tariladi. Uchinchi bor qayta topshirishga Prorektor yoki Rektor tavsiyasiga asosan yo’l qo’yilaldi (tavsiya ijobiy bo’lgan taqdirda, kontraktning 10 foizi miqdorida tolov talab qilinadi).

Seminar mashg’ulotlari

Seminar mashg’ulotlari, o’qituvchilar tomonidan innovatsion texnologiyalardan keng foydalangan holda olib borilishi darkor. Shuningdek, seminar mashg’ulotlarida o’zining intilishi, odobi va fanning o’zlashtirganlik darajasi jihatdan namuna ko’satgan talabalar, seminar mashg’ulotlarini olib borgan o’qituchining tavsiyanomasiga asosan, oraliq nazorat imtihonlaridan ozod qilinishi va maksimal darajada baxolanishi lozim.

Qo’shimcha imkoniyat

Ikki semester davomida “Universitet stipendiyasi” yoki “Institut stipendiyasi”ga loyiq deb topilgan talabalar o’rtasida tanlov (Tanlov shartlari universitet yoki institut tomonidan ishlab chiqiladi) tashkillashtiriladi. Tanlov g’oliblari, yozgi tatil vaqtida, o’zining mutaxasisligi borasida xorij tajribasini o’rganish uchun chet-el universitetlariga (shartnomasi mavjud bo’lgan xorijiy davlat universitetlariga) yuboriladi va barcha xarajatlar universitet yoki institut hisobidan qoplanadi.

Yuqorida ko’rsatilgan mexanizm o’z o’rnida shaffof holda ishlatilsa, O’zbekiston Oliy ta’lim tizimi jahon standartlari darajasiga yaqin kelajakda yetib chiqadi va biz ishonamizki, bizning tanlagan ushbu yo’limiz jahon hamjamiyatida O’zbekiston milliy modeli sifatida tan olinadi.

 

Yusupov Otabek Durbek o’g’li
Toshkent davlat yuridik universiteti
4-kurs Xususiy huquq fakulteti 1-guruh talabasi

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications