Oliy ta’lim muassasasining shaxsiy stipendiyasi nima va u kimlarga beriladi?

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligining 2004 yil 10 martdagi 2-P, 43-son qarori bilan «TASDIQLANGAN» “Oliy ta’lim muassasalari talabalariga stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi YO‘RIQNOMAning 16-bandiga muvofiq:

Oliy ta’lim muassasasining rektori (uning vazifasini bajaruvchi shaxs) iste’dodli va jamoat hayotida faol bo‘lgan talabalarga Vasiylik va Ilmiy kengashlar tavsiyalari bo‘yicha, tegishli yil uchun oliy ta’lim muassasasining xarajatlar smetasida tasdiqlangan stipendiya fondi doirasida Oliy ta’lim muassasasining shaxsiy stipendiyalarini belgilashga haqlidir. Oliy ta’lim muassasasi talabasining shaxsiy stipendiyasi miqdori reyting nazorati bo‘yicha eng yuqori ballarga ega bo‘lgan talabalarning stipendiyasidan 10 foiz ko‘p qilib belgilanadi.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications