Oltin bilan yozishga arzigulik qo’shnichilik odobi

Onasi qoʼshnisidan tuz soʼrayotganini koʼrib qoldi va aytdi:
-Nega tuz soʼrayabsiz, axir kuni kecha qancha qadoqlangan tuz olib keluvdimku!
Onasi:
-Toʼgʼri oʼgʼlim tuz bor. Ular bizdan doim uni buni soʼrab turishadi. Chunki ular faqir, roʼzgʼori butmas. Men ulardan oddiy va arzon narsa boʼlgan tuz soʼradim. Bu bilan biz ham ularga yaqin, ulardek oddiy inson ekanimizni bildirmoqchiman va yana bizdan yana biror narsa soʼrashga hijolat qilib yurmasin deb shunday qildim.
-Boʼldi, tushundim onajon, – dedi oʼgʼil onasining donoligiga tan berib.

Аbdulatif Аtaxanov.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications