Ommaviy oferta

Mazkur ommaviy oferta Civil.uz yuridik maslahat portali yordamida pullik xizmatlardan “PayMe” va “Click” to‘lov tizimlari orqali foydalanish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 367-moddasi va 369-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq xizmat ko‘rsatish ofertasini (keyingi o‘rinlarda – Oferta) tuzish yuzasidan layoqatli bo‘lgan jismoniy shaxslarga (keyingi o‘rinlarda – Foydalanuvchi) rasmiy taklif hisoblanadi.

Mazkur ofertada keltirilgan xizmatlar o‘zini o‘zi band qiluvchi Abdixakimov Islombek Bahodir o‘g‘li (keyingi o‘rinlarda – Xizmat ko‘rsatuvchi) tomonidan Civil.uz yuridik maslahat portali orqali ko‘rsatiladi.

Foydalanuvchi tomonidan mazkur ofertada belgilangan harakatlarning bajarilishi, u tomonidan quyidagi shartlar so‘zsiz qabul qilinganligini anglatadi (Ofertaning aksepti). Ofertani aksept qilgan paytdan oferta tuzilgan hisoblanadi. Mazkur ofertada to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazarda tutilmagan barcha hollar, tomonlar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va ish muomalasi odatlariga rioya qiladilar.

1. ASOSIY TUSHUNCHALAR

1.1. Mazkur ofertada quyidagi atama va ta’riflar qo‘llaniladi:

Ommaviy oferta –oferta tuzish uchun jismoniy shaxsga yuborilgan rasmiy taklif. Ommaviy oferta O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 369-moddasi bilan tartibga solinadi.

Sayt – internet tarmog‘ida ishlab keluvchi https://civil.uz manzilida joylashgan dasturiy vosita.

Xizmatlar – civil.uz saytining ro‘yxatida keltirilgan va xizmat ko‘rsatuvchi tomonidan ko‘rsatiladigan pulli xizmatlar;

Onlayn konsultatsiya – civil.uz saytida ko‘rsatiladigan barcha xizmatlar, shuningdek saytda mavjud barcha hujjat namunalaridan foydalanish bo‘yicha xizmat ko`rsatish

Foydalanuvchi ofertada taklif qilingan xizmatlardan foydalanish uchun saytdan ro‘yxatdan o‘tgan yoki o‘tmagan shaxs.

Shaxsga doir ma’lumotlar servisdan foydalanish uchun foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan muayyan jismoniy shaxsga taalluqli bo‘lgan yoki uni identifikasiya qilish imkonini beradigan axborot.

Hujjat namunalari – foydalanuvchiga yo‘nalish berish uchun konsultatsiya maqsadida tayyorlangan tayyor hujjat namunasi, foydalanuvchi bunday hujjatdan o‘ziga kerakli hujjatni tayyorlash uchun yo‘riqnoma (shablon) sifatida foydalanadi.

1.2. Civil.uz – sayti orqali ko‘rsatiladigan barcha xizmatlar “Onlayn konsultatsiya” deb e’tirof ediladi. Shuningdek, saytda mavjud bo‘lgan hujjat namunalaridan foydalanish ham “Onlayn konsultatsiya” doirasiga kiradi.

2. AKSEPT TARTIBI

2.1. Mazkur Ofertaning aksepti «civil.uz» tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tgan yoki o‘tmagan holda pulli xizmatni olish orqali amalga oshiriladi.

2.2. Mazkur ofertani qabul qilish (akseptlash) orqali Foydalanuvchi Xizmat ko‘rsatuvchiga amaldagi shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq o‘zining shaxsga doir ma’lumotlariga (shu jumladan, “PayMe” va “Click” to‘lov tizimlarida joriy etilgan servislardan foydalanish uchun zarur bo‘lgan to‘lovning hisob ma’lumotlari, mobil telefon raqami, bank kartalarining raqamlari, F.I.Sh., ro‘yxatdan o‘tish bilan bog‘liq ma’lumotlar, shuningdek, boshqa har xil shaxsga doir ma’lumotlar) ishlov berishga muddatsiz roziligini beradi. Shu jumladan, ushbu ofertani bajarish maqsadida avtomatizasiya vositalaridan foydalangan yoki ulardan foydalanmagan holda ularni yig‘ish, tizimlashtirish, saqlash, aniqlashtirish (yangilash, o‘zgartirish), ko‘chirish, foydalanish, ularni berish (tarqatish, taqdim etish, foydalanish imkoniyatini berish) ularni egasizlantirish, ularni taqiqlash, ularni o‘chirish va ularni yo‘q qilishga roziligini bildiradi.

Shuningdek, ushbu oferta orqali Foydalanuvchi mazkur oferta bo‘yicha Xizmat ko‘rsatuvchiga taqdim etilgan shaxsga doir ma’lumotlarni ushbu ofertani bajarish maqsadida uchinchi shaxslarga taqdim etishga rozilik beradi.

2.3. Xizmat ko‘rsatuvchi Foydalanuvchining shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq barcha zarur bo‘lgan choralarni ko‘rishini Foydalanuvchiga kafolatlaydi. Foydalanuvchi uning shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berishga roziligi (shu jumladan uchuinchi shaxslarga ham) muddatsiz hisoblanib, mazkur ofertaning 7.3-bandiga muvofiq Foydalanuvchi istagan paytda shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berishga roziligini qaytarib olishi mumkin.

2.4. Saytda ko‘rsatiladigan xizmatlardan foydalanishdan avval Foydalanuvchi mazkur ofertaning matni bilan to‘liq tanishib chiqishi zarur. Ofertaning shartlari bilan to‘liq yoki qisman norozi bo‘lsa, servisdan foydalanishdan bosh tortishi shart.

3. OFERTA PREDMETI

3.1. Xizmat ko‘rsatuvchi Foydalanuvchiga «civil.uz» saytida joylashtirilgan xizmatlar uchun to‘lovlarni onlayn rejimda amalga oshirish, o‘zlarining bank kartalarini boshqarish, onlayn rejimda bank kartasi orqali pul o‘tkazmalarini amalga oshirish, shuningdek servis funsionali bilan belgilangan boshqa harakatlarni amalga oshirish nazarda tutuvchi “PayMe” va “Click” to‘lov xizmatlaridan foydalanish imkonini beradi.

3.2. Foydalanuvchi tomonidan Xizmat ko‘rsatuvchiga taqdim etilgan shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:

Foydalanuvchi bilan imzolangan kelishuv yoki shartnoma doirasida Xizmat ko‘rsatuvchi tomonidan o‘ziga olgan majburiyatlarni tegishli tartibda bajarish, shuningdek Xizmat  ko‘rsatuvchining hamkorlari bilan imzolangan shartnomalar, shu jumladan foydalanuvchini identifikasiyalash/soddalashtirilgan tartibda identifikasiyalash maqsadida Foydalanuvchiga “PayMe” va “Click” to‘lov tizimlarining barcha amaldagi xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini taqdim etish;

Foydalanuvchi bilan qayta aloqani amalga oshirish, shu jumladan “PayMe” va “Click” to‘lov xizmatlaridan foydalanishga oid xabarnoma, so‘rov va ma’lumotnomarni yuborish.

4. XIZMATLAR UCHUN TO‘LOV

4.1. Saytda taqdim etiladigan xizmatlar uchun to‘lov “PayMe” va “Click” to‘lov tizimlari orqali Foydalanuvchi tomonidan naqd pulsiz tartibda to‘lanadi.

4.2. Saytda ko‘rsatilgan xizmatlar narxi, Foydalanuvchini ogohlantirmasdan xizmat ko‘rsatuvchi tomonidan bir tomonlama o‘zgartirilishi mumkin.

4.3. Xizmatlar Foydalanuvchi tomonidan xizmat haqi 100% to‘langanidan so‘ng amalga oshiriladi.

5. TARAFLAR JAVOBGARLIGI

5.1. Taraflar mazkur ofertaning talablarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.

5.2. Foydalanuvchi mazkur oferta bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi natijasida vujudga kelgan har qanday zarar yoki salbiy oqibatlarga o‘zi javob beradi.

5.3. Foydalanuvchi o‘z shaxsiy ma’lumotlarini muhofaza qilinmagan bog‘lanishlardan foydalanadigan qurilmaga kiritishda yoki ular zarar keltiradigan dasturlar va ilovalar tahdidi ostida bo‘lgan holda ularning sozligi uchun to‘liq javobgar bo‘ladi.

5.4. Xizmat ko‘rsatuvchi Oferta shartlarini lozim darajada bajarmaganlik uchun, agar bunday bajarmaslik Foydalanuvchi tomonidan Oferta shartlarining bajarilmasligi oqibati bo‘lsa, javob bermaydi.

5.5. Xizmat ko‘rsatuvchi Foydalanuvchi ushbu Oferta shartlari bilan tanishmagani va (yoki) o‘z vaqtida tanishmagani tufayli Foydalanuvchida yuzaga kelgan har qanday zararlar uchun javob bermaydi.

5.6. Xizmat ko‘rsatuvchi Oferta shartlarini lozim darajada bajarmaganlik uchun, agar bunday bajarmaslik Xizmat ko‘rsatuvchi nazorati doirasidan tashqaridagi sabablar bilan belgilangan bo‘lsa, javob bermaydi. Sayt nazorat doirasi faqat o‘z ishlash qobiliyati bilan cheklanadi va uchinchi shaxslarning aybi bilan yuz bergan nosozliklar yoki davlat idoralari yoki sud hokimiyati organlari tomonidan belgilangan taqiqlar va cheklashlar tufayli ishda yuz bergan uzilishlar uchun javobgarlik bilan chegaralanadi.

5.7. Xizmat ko‘rsatuvchi foydalanuvchining kompyuter va raqamli texnologiyalar bilan ishlash ko‘nikmasi yetarli emasligi sababli kelib chiqqan tushunmovchilik uchun javobgar hisoblanmaydi.

6. OFERTANI BEKOR QILISH

6.1. Foydalanuvchi Ofertani 24 soat ichida bekor qilishni talab qilishga haqli. Buni amalga oshirish uchun Foydalanuvchi info@civil.uz pochtasiga bu haqida ariza yuborishi kerak.

6.2. Foydalanuvchi Onlayn konsultatsiya doirasida hujjatlar namunasiga buyurtma berganda faqat buyurtma elektron pochtasiga yetib bormaganda, yoki buyurtma qilingan hujjat o‘rniga boshqa hujjat yetib borgandagina ofertani 24 soat ichidabekor qilishi mumkin. Bunda Foydalanuvchi tomonidan amalga oshirilgan to‘lov 100% qaytarib beriladi.

6.3. Foydalanuvchi ofertani 24 soatdan kechikkan taqdirda bekor qilishni talab qilganda, oferta bekor qilinadi lekin amalga oshirilgan to‘lov qaytarib berilmaydi.

6.4. Xizmat ko‘rsatuvchi Foydalanuvchi tomonidan oferta shartlari lozim darajada bajarilmagan taqdirda istalgan paytda ofertani bir taraflama bekor qilishga haqli. Bunda foydalanuvchi tomonidan amalga oshirilgan to‘lov summasi qaytarib berilmaydi.

7. NIZOLARNI KO‘RIB CHIQISH TARTIBI

7.1. Ommaviy ofertani bajarish borasida vujudga kelgan barcha nizolar va kelishmovchiliklar muzokaralar yo‘li bilan ko‘rib chiqiladi va hal etiladi. Shuningdek, nizolarni muqobil hal qilish usullari, jumladan, mediatsiyadan foydalaniladi.

7.2. Nizo yuqoridagi usullar bilan hal etilmagan taqdirda, u javobgar joylashgan yerdagi tegishli sud tomonidan O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ko‘rib chiqilishi lozim.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications