Organik mahsulotlar yetishtiriladigan yer maydonlarida alohida belgilar oʻrnatiladi

Share on telegram
Share on facebook
Share on twitter
Share on linkedin
Share on vk
Organik mahsulotlar yetishtiriladigan yer maydonlarida alohida belgilar oʻrnatiladi

“Organik yer maydonlariga belgi va koʻrsatkichlar oʻrnatish shakli va tartibi toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Organik yer maydonlariga belgi va koʻrsatkichlar oʻrnatish shakli va tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Unga koʻra, 2021-yildan boshlab har yili 1-oktyabrga qadar:

organik qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi va yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimlik mahsulotlarini yigʻib oluvchi xoʻjaliklar yer maydonlarining manzilli roʻyxati shakllantiriladi hamda ana shunday xoʻjaliklar yer maydonlarining oxirgi uch yil uchun statistik tahlil natijalari va toponimik joylashuvini oʻrganish, tuproq, sizot va oqova suvlar sifati hamda xavfsizlik koʻrsatkichlari boʻyicha laboratoriya tahlillarini oʻtkazish choralari koʻriladi.

Muntazam ravishda organik mahsulotlar yetishtiruvchi va yovvoyi oʻsimliklar hosilini yigʻib oluvchilarga oʻz hududini anʼanaviy usulda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiriladigan yer maydonlaridan ajratib turuvchi belgi va koʻrsatkichlar oʻrnatish, shuningdek eksportbop va serdaromad organik mahsulotlar yetishtirish vazifalari topshirildi.

Mavzuga aloqador

Yuridik maslahat portali.

Scroll to Top

Telegram kanalimizga obuna bo'ling