Skip to main content

Ortiqcha to‘langan soliq summasi qaytarib beriladimi?

Soliq to‘lovchining boshqa soliqlardan qarzdorligi mavjud bo‘lmaganda ortiqcha to‘langan soliq summalari qaytariladi.

Ortiqcha undirilgan soliq summasi soliq organi tomonidan ariza qabul qilingan kundan e’tiboran
15 kun ichida, unga hisoblangan foizlar bilan birga qaytarilishi lozim.

Ariza berish uchun soliq to‘lovchi soliq inspeksiyasiga shaxsan tashrif buyurishi yoki elektron soliq xizmatlari portali orqali amalga oshirishi mumkin.

Soliq organi ortiqcha to‘langan soliq summasini hisobga olishni yoki qaytarishni rad etish to‘g‘risidagi qabul qilingan qaror haqida soliq to‘lovchiga bunday qaror qabul qilingan kundan e’tiboran 3 kun ichida xabar qilishi shart.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 104-105 moddalari

Categories: Soliq huquqi