Ota-onalik huquqidan mahrum qilingan shaxslar aliment to‘laydimi?

Ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi ota-onani o‘z bolasiga ta’minot berish majburiyatidan ozod qilmaydi. Oliy sudning “Sudlar tomonidan voyaga yetmagan va voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz bolalar ta’minoti uchun aliment undirishga oid ishlar bo‘yicha qonunchilikni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida”gi Plenum qarorida ko‘rsatilganidek, agarda ota-onalik huquqidan mahrum qilinishida bolaga aliment undirish masalasi hal qilinmagan bo‘lsa, aliment undirish yuzasidan vakolatli shaxs da’vo (ariza) bilan murojaat qilishi mumkin. Bu vaziyatda qarzdor aliment to‘laydi.

Asos: Oila kodeksining 81-moddasi, Plenum qarorining 3-bandi.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications