OTMlarda yana bir prorektorlik lavozimi joriy qilinadi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, taʼlim tashkilotlarida madaniy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish boʻyicha quyidagi tartib joriy etiladi. 

Unga koʻra: har bir umumtaʼlim muassasasida joriy etilgan ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchi lavozimini moliyalashtirish uchun 2021-yil 1-apreldan boshlab davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan 0,5 shtat birligi ajratiladi hamda uning ish haqi miqdori umumtaʼlim muassasasi oliy maʼlumotli oʻqituvchisi uchun oʻrnatilgan bazaviy tarif stavkasi miqdorida belgilanadi;

davlat oliy taʼlim muassasalari va ularning filiallarida, talabalar sonidan qatʼi nazar, yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektor (direktor oʻrinbosari) lavozimi joriy etiladi. Bunda, oliy taʼlim muassasalarida mavjud yoshlar bilan ishlash boʻyicha prorektor (direktor oʻrinbosari) lavozimi qisqartiriladi.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications