Otto Fon Bismark hikmatlari

Agarda politsiya senga yaxshi munosabatda bo’lishini xohlasang, Peterburg va Parijda albatta qimmatbaho kiyim va orden medallarda bo’lishing lozim.

Siyosatdagi xatolar sil kasalligiga o’xshaydi — davolab bo’ladigan paytda ular hali sezilmaydi, yuzaga chiqib seziladigan bo’lganida davolashning iloji qolmagan bo’ladi.

O Muhammad! Sening zamondoshing bo’lmaganimdan qayg’udaman. Insoniyat faqat bir martagina sening buyuk qudratingga guvoh bo’ldi, afsuslar bo’lsinkim, endi boshqa ko’rolmaydi. Men sendan hayratdaman.

Yomon qonunlar va yaxshi amaldorlar bilan davlatni boshqarsa bo’ladi. Ammo, amaldorlar yomon bo’lsa, eng yaxshi qonunlar ham ham yordam bermaydi.

Urush paytida,ovdan qaytganda va saylovlar oldidan yolg’onning bozori qaynaydi.

Har bir davlatning o’qituvchiga bo’lgan siyosiy munosabatida o’sha mamlakatning qudrati yoki zaifligi namoyon bo’ladi.

Ahmoqlar «Yo’l qo’ygan xatolarimiz tajribasidan o’rganamiz» deyishadi,men bo’lsam,boshqalarning yo’l qo’ygan xatolaridan xulosa qilaman.

Erkak bilan ayolning do’stligi tun cho’kkandan keyin omonat narsaga aylanadi.

Siz bilim olish yo’lida xuddi hech qachon o’lmaydiganday harakat qiling, ammo, xuddi ertaga o’ladiganday hayot kechirishga intiling.

Diplomat bo’lish taqdiri birinchi aprelda tug’ilganim sharofatidan peshanamga yozilgan bo’lsa kerak.

Dunyoni ahmoq qilishni istasangiz, haqiqatni gapiring.

Hayot menga ko’p narsalarni kechirishni, ammo ulardan-da ko’proq tavba qilishni o’rgatdi.

Ozodlik,shunday boylikki,unga hammayam erisholmaydi.

Amaldorlar — betinim ishchi asalarilardek,inson hayotini azobga aylantiradigan qonunlarni yozish bilan erta-yu kech band bo’ladilar. Nima uchun vazirlarning oylik ish haqi doimo bir xil,nega bu haq Prussiya aholisining turmush darajasi yaxshi-yomonligiga qarab o’zgarmaydi? Agar ularning oyligi xalq turmush
darajasiga qarab pastu baland bo’lib turganida edi, bu nodonlar qonunlarni kamroq yozib, ko’proq fikr qilardilar…

Siyosat har qanday muammo hal qilish san’atidir.

Har qanday inqilobni daholar tayyorlaydi, fanatiklar amalga oshiradi, uning mevalaridan esa muttahamlargina bahramand bo’ladi.

Hatto g’olibona urush ham xalqlar donishmandligi chek yo’yishi kerak bo’lgan yovuzlikdan boshqa narsa emas.

Kuchli hamisha haqdir.

Siyosat aniq fandir.

 

Bismark (Bismarck) Otto Eduard Leopold fon Shyonxauzen (1815.1.4, Shyonxauzen—1898.30.7, Fridrixsru) — Germaniya davlat arbobi, diplomat, knyaz, Germaniya imperiyasining 1-reyxskantsleri (1871—90). Bismark Germaniyani prus militarizmi asosida birlashtirdi; mamlakatda yunker-burjua bloki hukmronligini mustahkamladi, diniy oppozitsiya («Kulturkampf»)ga qarshi kurash olib bordi, sotsialistlarga qarshi favqulodda qonun joriy qildi, ayrim ijtimoiy islohotlar o’tkazdi. Bismark Frantsiya va Rossiyaga qarshi qaratilgan Uchlar ittifoqi (1882) tashkilotchilaridan biri. Poznan va Sileziyadagi polyak aholisini nemislashtirish siyosatini tutgan. Parij kommunasiga qarshi uyushtirilgan qurolli interventsiya tashkilotchilaridan biri bo’lgan.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications