Bosh sahifa / Bank huquqi / Overdraft krediti nima?

Overdraft krediti nima?

Overdraft krediti bu — bank plastik kartochkasi saqlovchisiga tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun to‘lovlarni amalga oshirishda bank plastik kartochkasi hisobvarag‘idagi qoldiq mablag‘dan ortiq miqdordagi mablag‘ni sarflash huquqini beruvchi kreditlashning qisqa muddatli shakli.

Ya’ni ushbu kredit turida siz ish haqi yoki pensiya to‘lovlari o‘tkaziladigan plastik kartangizda mablag’ qolmagan payti ham to’lovlarni amalga oshirish imkoniga ega bo’lasiz. Oylik yoki pensiyangiz tushganidan so’ng sizga taqdim etilgan qarz tegishli foizlar bilan avtomatik tarzda yechib olinadi.

Overdraft kreditini olish uchun bank va jismoniy shaxs (mijoz) o‘rtasida overdraft shartnomasi tuziladi.

Overdraft krediti o‘rtacha oylik ish haqining (pensiyaning) 3 barobarigacha bo‘lgan miqdorda 12 oygacha bo‘lgan muddatga, overdraft shartnomasiga ilova qilingan jadvalga muvofiq bosqichma-bosqich qaytarish sharti bilan beriladi.

Overdraft foiz stavkasi hajmi overdraft shartnomasida belgilanadi. Foizlar faqatgina overdraft bo‘yicha ishlatilgan mablag‘ uchun va ishlatilgan kundan boshlab hisoblanadi.

Qarzdorning bank plastik kartasiga ish haqi, pensiya yoki boshqa mablag‘lar hisobiga o‘tkazilganda, overdraft summasi avtomatik ravishda qaytariladi.

Overdraft va unga hisoblangan foizlar o‘z vaqtida qaytarilmagan taqdirda tijorat banki kreditlashni to‘xtatadi.

Overdraft shartnomasini tuzish uchun tegishli tijorat bankiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishingiz lozim:

  • ovyerdraft kreditini olish uchun ariza;
  • pasport nusxasi;
  • daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotni ko‘rsatuvchi hujjat (ish haqi, pensiya va boshqa daromadlar miqdori haqidagi ma’lumotnoma).

Sizning arizangiz uch kun ichida ko’rib chiqiladi.

 

0