O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlari haqida

Mamlakatimiz tarixida o‘chmas sahifa ochgan buyuk istiqlol tufayli O‘zbekiston o‘tgan davr mobaynida jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin egallab, milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari dadil ilgarilab bormoqda.

Bugungi kunda yurtimizda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, inson huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini taʼminlash, Vatanimizni har tomonlama taraqqiy ettirish, uning xalqaro maydondagi obro‘-eʼtiborini yuksaltirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Biz uchun ustuvor ahamiyatga ega bo‘lgan vazifalar – aholining hayot darajasi va sifatini yaxshilash, tadbirkorlik va xususiy mulk rivojiga keng imkoniyat ochib berish, yoshlar, xotin-qizlar, keksa avlod vakillari, ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarga doimiy eʼtibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatishga qaratilgan dasturlarimizning ijobiy natijalari nafaqat mamlakatimiz, balki xalqaro jamoatchilik tomonidan ham eʼtirof etilmoqda.

Xabaringiz bor, Muhtaram Prezidentimiz tomonidan taʼlim sohasini isloh qilish, uni yana-da takomillashtirish borasida so‘ngi ikki yil ichida tegishli dasturlar qabul qilindi.

Olib borilgan islohotlar natijasida umumtaʼlim maktablari va o‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlimi, oliy taʼlim muassasalari o‘rtasida o‘zaro integratsiyani taʼminlash  maqsadida 11 yillik o‘rta taʼlim tizimi joriy etildi.

Shuningdek, kadrlarni tayyorlash masalasiga ham alohida eʼtibor qaratilib, Respublikamizning har bir hududida yuridik kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish, taʼlim oluvchilarga qulayliklar yaratish hamda aholini huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish maqsadida joylarda yuridik taʼlim muassasalari tashkil etildi.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 apreldagi PQ-3666-son qaroriga asosan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida talab yuqori bo‘lgan tor doiradagi va ixtisosli mutaxassisliklar bo‘yicha yuridik kadrlar tayyorlash tizimini yaratish, shuningdek, kasbiy yuridik taʼlim sifatini oshirish maqsadida Adliya vazirligi tuzilmasida har bir hududda yuridik kollejlari tashkil etildi.

Xususan, Guliston shahridagi 720 o‘quvchi o‘rniga ega bo‘lgan sobiq Guliston yengil sanoat va servis kasb-hunar kolleji binosida Sirdaryo viloyati yuridik kolleji o‘z faoliyatini 2018 yil noyabr oyida sinov tariqasida boshladi.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 apreldagi PQ-3666-son qaroriga asosan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida talab yuqori bo‘lgan tor doiradagi va ixtisosli mutaxassisliklar bo‘yicha yuridik kadrlar tayyorlash tizimini yaratish, shuningdek, kasbiy yuridik taʼlim sifatini oshirish maqsadida Adliya vazirligi tuzilmasida har bir hududda yuridik kollejlari tashkil etildi.

Xususan, Guliston shahridagi 720 o‘quvchi o‘rniga ega bo‘lgan sobiq Guliston yengil sanoat va servis kasb-hunar kolleji binosida Sirdaryo viloyati yuridik kolleji o‘z faoliyatini 2018 yil noyabr oyida sinov tariqasida boshladi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrdagi PF-5812-son Farmoniga asosan Professional taʼlim tizimini ilg‘or xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish, boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional taʼlim bosqichlarini joriy qilish orqali mehnat bozori uchun malakali va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash hamda mazkur jarayonga ish beruvchilarni keng jalb qilish maqsadida 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Respublikasida Taʼlimning xalqaro standart tasniflagichi darajalari bilan uyg‘unlashgan yangi boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional taʼlim tizimi hamda tabaqalashtirilgan taʼlim dasturlari joriy etiladigan taʼlim muassasalari tarmog‘i tashkil etilib, Sirdaryo viloyatida Adliya vazirligining yuridik texnikumi tashkil etildi.

Texnikum – Xalqaro tasniflagichning 5-darajasigacha mos keluvchi va oliy taʼlim tizimi bilan integratsiyalashgan taʼlim dasturlari asosida kadrlar tayyorlaydigan hamda oliy taʼlim muassasalari huzurida faoliyat yuritadigan taʼlim muassasalari xisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasining “Taʼlim to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional taʼlim tizimini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2020 yil 7 avgustdagi 466-son qarori va professional taʼlim sohasini tartibga soluvchi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga hamda xalqaro tajribalarga muvofiq Huquq taʼlim sohasining taʼlim standarti ishlab chiqildi.

Shunga ko‘ra, Yuridik texnikum “yurisprudensiya” yo‘nalishi bo‘yicha o‘rta maxsus professional taʼlim asosida o‘qitishni amalga oshiradi.

Yuridik texnikumda taʼlim berish kamida 2 yil muddatda kunduzgi, kechki, masofaviy va sirtqi taʼlim shakllarida davlat buyurtmasi hamda to‘lov-kontrakt asosida amalga oshirib, kamida umumiy o‘rta maʼlumotga ega bo‘lgan shaxslar hisobidan kasblar va mutaxassisliklar bo‘yicha shakllantirilgan guruhlarda tanlangan kvalifikatsiyalar sonidan kelib chiqib o‘qish muddati belgilanadi. Xozirda respublika bo‘yicha barcha Yuridik texnikumlarda davlat taʼlim standartiga asosan “Davlat -huquqiy faoliyat”, “Yuridik xizmat”, “Sud-huquqiy faoliyat” yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qish tashkil etilgan.

Bu yo‘nalishlarda mutaxassisliklar doirasida beriladigan kvalifikatsiyani muvaffaqiyatli o‘zlashtirgan shaxslarga belgilangan namunadagi diplom va unga ilova beriladi. Mazkur diplom bilan boshlang‘ich professional taʼlim muassasalari bitiruvchilari taʼlimni keyingi bosqichini davom ettirishi yoki mehnat bozorida ishlash hamda Yuridik texnikum bitirivchilari Toshkent davlat yuridik universitetida mos yo‘nalish bo‘yicha 2-bosqichdan davom ettirish yoki mehnat bozorida ishlash huquqiga ega bo‘ladi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 30 oktyabrdagi 677-son qarori bilan “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizomi tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini yuridik texnikumlarga o‘qishga qabul qilishda abituriyentlarga quyidagi qulayliklar belgilab berildi.

Jumladan:

– Yuridik texnikumga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi qarori bilan tasdiqlangan davlat buyurtmasi (davlat granti) tasdiqlanishi;

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan to‘lov-kontrakt asosida qabul parametrlariga muvofiq kirish sinovlari natijalariga ko‘ra to‘plangan ballarning reyting tizimi bo‘yicha amalga oshirilishi

– Kirish sinovlarida eng yuqori ball to‘plagan abituriyentlarning davlat grantlari bo‘yicha birinchi navbatda qabul qilinish huquqi taʼminlanadi. Keyingi o‘rinlardagi abituriyentlar to‘plagan reyting ballari asosida belgilangan to‘lov-kontrakt parametrlari doirasida o‘qishga qabul qilinishi;

– Kirish sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar farzandlari, «Mehribonlik uyi» va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari, I guruh nogironligi bo‘lgan, shu jumladan ko‘zi ojiz abituriyentlar qo‘shimcha qabul parametrlari asosida qonun hujjatlariga muvofiq davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinishi;

Toshkent davlat yuridik universiteti (keyingi o‘rinlarda — TDYUU) huzuridagi akademik litseyni tamomlagan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarining 56 va undan yuqori foizlik natijalariga ega bitiruvchilar va joriy yilda yuridik kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga kirish uchun respublika oliy taʼlim muassasalarining “yurisprudensiya” taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha test sinovlarida ishtirok etib, o‘qishga tavsiya etilmagan, biroq yuridik texnikumlardagi tegishli o‘quv yilida test sinovlarida o‘tish balini to‘plagan yoki chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi V2 va undan yuqori darajadagi davlat malaka sertifikatiga yoki xalqaro sertifikatlarga ega abituriyentlar kirish imtihonlarisiz yuridik texnikumlarga qabul parametrlaridan tashqari to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinishi belgilab qo‘yildi. Yuridik texnikumlarning quyidagi asosiy vazifalari quyidagilardan iborat. Jumladan:

– davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining talab yuqori bo‘lgan tor doiradagi va ixtisosli mutaxassisliklar bo‘yicha tizimli fikrlash qobiliyati, ish yuritish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llashning amaliy ko‘nikmalariga ega bo‘lgan va xorijiy tillarni biladigan kasb-hunar taʼlimi bo‘yicha yuridik kadrlarni tayyorlash;

– taʼlim jarayonini o‘quv jarayoniga ilg‘or taʼlim standartlarini joriy etishga yo‘naltirilgan zamonaviy shakllar va usullar, innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish;

– o‘quv jarayoniga tegishli mutaxassislik va kasblar bo‘yicha boy ish tajribasiga ega bo‘lgan amaliyotchi mutaxassislarni keng jalb etgan holda yuridik taʼlim va huquqni qo‘llash amaliyotining o‘zaro yaqin hamkorligini taʼminlash;

– zamonaviy innovatsion o‘quv loyihalarini birgalikda amalga oshirish, shuningdek, o‘quvchilar amaliyotini tashkil etish uchun tegishli hududlardagi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, boshqa tashkilotlar, taʼlim va ilmiy muassasalar bilan hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish;

– o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan yangi avlod darsliklari, maxsus o‘quv-metodik adabiyotlar yaratishda ishtirok etish;

– o‘quvchilarni maʼnaviy-axloqiy tarbiyalash samaradorligini, ularning huquqiy madaniyati va huquqiy ongini oshirish, ularda vatanparvarlik, Vatan taqdiri va kelajagiga masʼullik hamda daxldorlik tuyg‘usini shakllantirish va rivojlantirish choralarini amalga oshirish texnikumimizning asosiy vazifalari hisoblanadi.

Bundan tashqari, joriy yilning 10 iyun kuni Vazirlar mahkamasining 359-sn qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlarida taʼlimning kredit-modul tizimida o‘quv jarayonini tashkil etish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab yuridik texnikum Kredit-modul tizimida o‘z faoliyatini boshlaydi.

Uning o‘zi nima?

Kredit-modul tizimi, bu — taʼlimni tashkil etish jarayoni bo‘lib, o‘qitishning modul texnologiyalari jamlamasi va kredit o‘lchovi asosida baholash modeli hisoblanadi. Uni bir butunlikda olib borish serqirra hamda murakkab tizimli jarayondir. Kredit-modul tamoyilida ikkita asosiy masalaga ahamiyat beriladi: talabalarning mustaqil ishlashini taʼminlash; talabalar bilimini reyting asosida baholash. Kredit-modul tizimining asosiy vazifalari sifatida quyidagilar eʼtirof etiladi:

o‘quv jarayonlarini modul (fan) asosida tashkil qilish;

bitta fan, kurs (kredit-soat)ning­qiymatini aniqlash;

talabalar bilimini reyting bali asosida baholash;

talabalarga o‘zlarining o‘quv rejalarini individual tarzda tuzishlariga imkon yaratish;

taʼlim jarayonida mustaqil taʼlim olishning ulushini oshirish;

taʼlim dasturlarining qulayligi va mehnat bozorida mutaxassisga qo‘yilgan talabdan kelib chiqib o‘zgartirish mumkinligi.

Yuqoridagilar dars mashg‘ulotlarini nafaqat o‘qitishni innovatsion taʼlim texnologiyalari asosida olib borish, balki talabadan mustaqil o‘qib-o‘rganish, taʼlimga yangicha munosabatda bo‘lish, mehnat bozori talabidan kelib chiqib, zaruriy va chuqur nazariy bilimlarni egallash, amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishga o‘rgatishdan iboratdir. Muxtasar aytganda, mazkur tizim talabaning kasbiy rivojlanishi va kamolotiga yo‘naltirilgan. Ilm sohibining butun hayoti davomida bilim olishini taʼminlashga hamda mehnat bozori va zamonaviy talablarga javob bera oladigan inson kapitalini shakllantirishga qaratilgandir.

Modul — bu, bir nechta fan hamda kurslar o‘rganiladigan o‘quv rejasining bir qismi. U talabalarda maʼlum bir bilim va ko‘nikma hosil qilish, tahliliy-mantiqiy mushohada yuritish salohiyatiga ega bo‘lishiga qaratilgan bir nechta fanlar (kurslar) majmui hisoblanadi. Bunda o‘qituvchi o‘quv jarayonini tashkil qiladi, jonli, video hamda audio maʼruzalar o‘qiydi, talabaning faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi. Talaba esa mavzuni mustaqil o‘rganadi hamda berilgan topshiriqlarni bajaradi.

Kredit (credit) — talabaning alohida taʼlim yo‘nalishi yoki dasturi (kurs) bo‘yicha fanlarni o‘qib o‘rganishi va o‘z­lashtirishi uchun sarflangan o‘quv yuklamasining (vaqtning) o‘lchov birligidir. ­Kredit — talabaning meʼyoriy hujjat bilan belgilangan, odatda bir hafta davomida auditoriyada va mustaqil ravishda taʼlim olishi uchun ajratilgan minimal vaqt o‘lchovidir. Talabaga kredit maʼlum bir fandan belgilangan topshiriqlarni bajarib, yakuniy imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgandan so‘ng beriladi.

Har bir talaba kelajakda tanlagan yo‘nalishi va mutaxassisligi bo‘yicha diplomga ega bo‘lishi uchun kreditlarni yig‘ib borishi lozim. To‘plangan kredit talabaga butun umr davomida o‘zining malakasini oshirib borish yoki qo‘shimcha oliy maʼlumot olishiga xizmat qilib boraveradi. Iqtisodiy tilda aytganda, to‘plangan kredit talabaning akademik “aktivi”ga aylanib boradi. Shuningdek, yuqoridagi Qarorga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi taʼlim muassasalarining o‘quv jarayonini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish hamda yuridik texnikumlarning reytingini yuritish mexanizmini joriy etish orqali ularda taʼlim sifatini yana-da oshirish maqsadida  Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 22 noyabrdagi 705-son qarori bilan Adliya vazirligining yuridik texnikumlari reytingini aniqlash bo‘yicha maʼlumotlar bazasini tashkil qilish, reyting indikatorlari uchun ballarni hisoblash hamda reyting natijalarini eʼlon qilish tartibini nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlari reytingini aniqlash tartibi to‘g‘risida va adliya organlari tomonidan yuridik texnikumlar bitiruvchilariga yo‘llanma berish bo‘yicha maxsus komissiya faoliyatini tashkil qilish, oliy taʼlim tashkilotiga hujjatlarni topshirish, o‘qishga qabul qilish uchun suhbat o‘tkazish hamda qabulni rasmiylashtirish tartibini nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumlari bitiruvchilarini “yurisprudensiya” mutaxassisligi bo‘yicha yuridik kadrlarni tayyorlashni amalga oshiruvchi oliy taʼlim tashkilotlari bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizomlari tasdiqlandi.

Ushbu qaror bilan Yuridik texnikumlarda o‘quv va ilmiy-metodik faoliyat, shu jumladan, taʼlim sifati va reyting aniqlangan yilda nufuzli xalqaro va respublika fan olimpiadalari, sport musobaqalari va boshqa tanlovlarda g‘olib bo‘lgan (sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan) yuridik texnikum o‘quvchilari ulushi hamda xorijiy pedagoglar, shuningdek, ilmiy darajali hamda chet tili va fanlarni bilish darajasi to‘g‘risidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan asosiy shtatdagi pedagoglar va o‘quvchilar ulushi ish bilan taʼminlangan bitiruvchilari va oliy taʼlim muassasalariga qabul qilingan o‘quvchilari ulushini qamrab oluvchi reytingi natijalari har yangi o‘quv yiliga qabul boshlangunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan Adliya vazirligi bilan birgalikda ularning rasmiy veb-saytlari orqali eʼlon qilib borilishi belgilandi.

 

Jaxongir  Xolbayev O‘ktamovich

Sirdaryo viloyati yuridik

texnikum direktorining

birinchi o‘rinbosari   

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications