O’zboshimchalik bilan qurilgan uy-joy, ishlab chiqarish  va boshqa binolar va inshootlarning qiymati qoplab beriladimi?

Ma’lumki,  O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   20.04.2018 yildagi PF-5421-son   Farmoni   hamda Vazirlar   Mahkamasining   2018-yil   21-iyundagi 461-son  qaroriga  asosan mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasi e’lon qilinib, 2019-yil 1-mayga qadar davom etishi belgilangan. Ko’pchilik hamyurtlarimiz Prezidentimiz tomonidan berilgan ushbu imkoniyatdan oʻz vaqtida foydalanib qolishdi, Ammo, ushbu imoniyatdan foydalanmay qolgan yurtdoshlarimiz ham talaygina.

O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 212-moddasiga binonan Turar joy, boshqa qurilma, inshoot yoki boshqa ko‘chmas mulk quyidagi tarzda qurilgan bo‘lsa, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat hisoblanadi:

  • Qonunchilikda belgilangan tartibda qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkalarida;
  • Imorat qurish uchun zarur ruxsatnoma olmasdan yoki arxitektura va qurilish normalari hamda qoidalarini jiddiy buzgan holda qurilgan bo’lsa.

Noqonuniy qurilishni sotish, hadya qilish, ijaraga berish yoki boshqa bitimlarni amalga oshirish mumkin emas. 

Fuqarolik kodeksida o‘zboshimchalik bilan imorat qurish natijasida huquqlari buzilgan shaxsning yoki tegishli davlat organining da’vosi bilan bunday imorat sudning qaroriga binoan imoratni qurgan shaxs tomonidan yoki uning hisobidan buzib tashlanishi lozimligi keltirib o’tilgan. Ammo, imorat qurilgan yer uchastkasining mulkdori bo‘lgan, unga umrbod meros sifatida egalik qilayotgan, doimiy egalik qilayotgan va foydalanayotgan shaxsning o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi sud tomonidan e’tirof etilishi mumkin. Bu holda imoratga nisbatan mulk huquqi e’tirof etilgan shaxs imorat qurgan shaxsning xarajatlarini sud belgilagan miqdorda qoplaydi.

Demak, o’zboshimchalik bilan qurilgan uy-joy, ishlab chiqarish  va boshqa binolar va inshootlar qachonki u qurilgan yer uchastkasining mulkdori bo‘lgan, unga umrbod meros sifatida egalik qilayotgan, doimiy egalik qilayotgan va foydalanayotgan shaxsga sud tomonidan mulk huquqi deb belgilangan taqdirdagina, shu imoratga nisbatan mulk huquqi e’tirof etilgan shaxs imorat qurgan shaxsning xarajatlarini sud belgilagan miqdorda qoplashi mumkin.

 M.O.Yoqubjonov

Kosonsoy tuman yuridik  xizmat ko’rsatish markazi  bosh yuriskonsulti
Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications