Pasport almashtirish tartibi qanday?

Pasportni fuqarolar istiqomat joyidagi ichki ishlar organlari, yoki O‘zbekiston Respublikasining shaxs borgan xorijdagi diplomatiya vakolatxonalari yoxud konsullik muassasalari beradi va almashtiradi.

Qanday hollarda pasport almashtiriladi?

  • pasportning amal qilish muddati tugaganda;
  • familiyasi, ismi, otasining ismi o‘zgarganida;
  • millatini, tug‘ilgan yilini o‘zgartirganda;
  • yozuvlardagi chalkashlik aniqlanganda;
  • viza va alohida belgilar uchun mo‘ljallangan varaqlar to‘lganda;
  • foydalanishga yaroqsiz holga kelganda.

Qanday hujjatlar talab etiladi?

  • ariza;
  • tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma (pasportni birinchi marta olish chog‘ida);
  • ilgari olingan pasport;
  • 35×45 millimetr kattalikdagi ikkita oq-qora yoki rangli fotosurat.

Familiyasi, ismi, otasining ismini o‘zgartirish, millatini, tug‘ilgan yilini o‘zgartish yoki yozuvdagi chalkashlikka aniqlik kiritish maqsadida pasportni almashtirish uchun shu holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar ham taqdim etiladi.

  • Fuqaro pasportini yo‘qotgan taqdirda unga belgilangan tartibda pasport yo‘qolgani haqida ariza bergan kundan boshlab 1 oy ichida yangi pasport beriladi.
  • Pasportni almashtirishga, shuningdek, 18 yoshga to‘lishi munosabati bilan xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish uchun arizalar – pasport amal qilish muddati tugashidan 1 oy oldin va pasport amal qilish muddati tugaganidan keyin 1 oylik muddatda hamda 18 yoshga to‘lgandan keyin 1 oylik muddatda beriladi.

Xorijga chiqish biometrik pasporti fuqarolarga qancha muddatga beriladi?

  • tug‘ilgan kunidan boshlab bir yoshgacha — 2 yil muddatga;
  • bir yoshdan 16 yoshgacha — 5 yil muddatga;
  • 16 yoshdan oshgan shaxslarga — 10 yil muddatga.
  • Konsullik muassasiga taqdim etiladigan hujjatlar.
  • Yangi pasportni rasmiylashtirish joyidan qatьiy nazar davlat boji yoki konsullik yig‘imi undiriladi.
  • Pasportni qasddan yaroqsizlantirish yoki ehtiyot qilib saqlamaganlik oqibatida yo‘qotib qo‘yish jarimaga sabab bo‘ladi.
Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications