Pensiyani hisoblash tartibi qanday?

Pensiya miqdori ish stajining muddatiga bog‘liq bo‘lib, quyidagilardan tarkib topadi:

Ishlamaydigan pensionyerlarga faxriy unvonlari uchun  eng kam oylik ish haqining 100 foizi (202 730,00 so‘m) miqdorida har oylik qo‘shimcha haq to‘lanadi.

100 yoshga to‘lgan va undan oshgan fuqarolar pensiyasiga eng kam oylik ish haqining 100 foizi (202 730,00 so‘m) miqdorida har oylik qo‘shimcha to‘lov qo‘shiladi.

Pensiya miqdorini hisoblashda oxirgi o‘n yillik mehnat faoliyati davomidagi istalgan kyetma-kyet besh yil uchun (pensiya tayinlashni so‘rab murojaat etgan kishining tanlovi bo‘yicha) oylik ish haqi olinadi.

Pensiya tayinlash uchun murojaat qilgan shaxs tomonidan pensiya tayinlash uchun taqdim etilgan arizada u tanlagan besh yillik davr ko‘rsatiladi.

Pensiyalarni qayta hisoblash

Pensionyer pensiya miqdorini qayta hisoblab chiqish uchun asos paydo bo‘lgan taqdirda pensiyaning tayinlangan turi miqdorini qayta hisoblab chiqish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilishi mumkin.

Quyidagi holatlar tayinlangan pensiya miqdorini qayta hisoblab chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi:

a) pensionyer tomonidan pensiya hujjatlar yig‘majildida mavjud bo‘lmagan va pensiya miqdoriga ta’sir ko‘rsatadigan qo‘shimcha hujjatlar taqdim etilishi (ish staji va pensiya tayinlangunga qadar ish haqi to‘g‘risida);

b) nogironlik guruhining o‘zgarishi;

v) boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini oluvchi oila a’zolari sonining o‘zgarishi;

g) ustama haq olish huquqining paydo bo‘lishi;

d) eng kam oylik ish haqi miqdorining o‘zgarishi;

e) daromadlarning indeksatsiya qilinishi.

Pensiya miqdorini qayta hisoblash to‘g‘risidagi ariza pensionyer yashaydigan joy bo‘yicha Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga beriladi.

Oilaning voyaga yetmagan a’zosi (boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi) yoki belgilangan tartibda huquqiy layoqatsiz deb e’tirof etilgan shaxsning nomidan pensiya miqdorini qayta hisoblash to‘g‘risidagi ariza uning ota-onasi yoki qonuniy vakili yashaydigan joy bo‘yicha Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga berilishi mumkin.

Quyidagi hollarda pensiya miqdorini qayta hisoblash to‘g‘risida ariza berish talab qilinmaydi:

  • qonun hujjatlariga muvofiq eng kam oylik ish haqining miqdori o‘zgarganda;
  • tayinlangan pensiya miqdori kamayishiga olib kelgan holatlar yuz berganda;
  • oilaning 16 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan a’zolaridan biri ta’lim muassasasidan berilgan uning o‘quvchi ekanligi haqidagi ma’lumotnomani taqdim etgan taqdirda boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini oluvchi oila a’zolari soni o‘zgarganda;
  • nogironlik guruhi o‘zgarganda.
  • I guruh nogironligi belgilanganda.

Pensiya miqdorini qayta hisoblash to‘g‘risidagi ariza Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan besh kun muddatda ko‘rib chiqiladi.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications