Prezident maktablariga qabul qilish tartibi qanday?

Prezident maktablariga 4-sinfni tamomlagan o‘quvchilar qabul qilinadi.

1-bosqich. Hujjatlar onlayn elektron tarzda veb-sayt orqali qabul komissiyasiga topshiriladi:

Kerakli hujjatlar:

1. Talabgorning tug’ilganlik to’g’risida guvohnomasi (kinder pasport) nusxasi

2. Tasdiqlangan shakldagi ma’lumotnomani talabgor ta’lim olayotgan maktab direktori tomonidan tasdiqlangan nusxasi

3. Talabgorning oxirgi 2 oy davomida tushgan 3×4 o’lchamdagi surati

4. 2020-2021 o’quv yili natijasiga ko’ra, talabgor baholar tabelining maktab direktori tomonidan tasdiqlangan nusxasi

5. Talabgor hamda uning ota-onasi yoki ularni o’rnini bosuvchi shaxslar (kelgusida – qonuniy vakillar) fuqarolik pasporti ma’lumotlari

2-bosqich Imtixon bosqichlari:

1-bosqich. Saralash imtihoni Matematika fanidan 30 ta topshiriqdan iborat test.

2-bosqich quyidagilardan iborat bo’ladi:

2.1. tanqidiy fikrlash bo’yicha – 16 ta masala

2.2. muammoni yechish bo’yicha – 24 ta masala

2.3. Ingliz tilidan test savollari

3-bosqich. Nomzodlarning umumiy ballari bo’yicha ro’yxatini e’lon qilish

Nomzodlarning umumiy ballari bo’yicha ro’yxati veb sayt orqali e’lon qilinadi.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications