Prezident qarori bilan suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi xodimlariga bir qator huquqlar berildi

“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qaror bilan Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tuzilmasi tasdiqlandi.

Inspeksiya boshligʻi Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi.

Inspeksiya xodimlariga quyidagi huquqlar berildi:

suv xoʻjaligi obyektlarida inspektorlik tekshiruvlarini oʻtkazish;

xavf darajasi yuqori boʻlgan suv xoʻjaligi obyektlariga moneliksiz kirish, ularning xavfsizligi va ishonchli ishlashi yuzasidan texnik nazoratni tashkil etish masalalariga, ularning qoʻriqlanishi hamda muhofaza zonalari va sohilboʻyi mintaqalari oʻrnatilganligiga doir materiallar bilan tanishish;

suv xoʻjaligi obyektlarini texnik soz holatda saqlash va muhofaza qilish, ularning xavfsizligini va ishonchli ishlashini taʼminlash hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida taqdimnoma hamda koʻrsatmalar kiritish.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications