Skip to main content

Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan ochiq muloqoti: ta’lim sohalarida qanday qo‘shimcha imkoniyatlar taqdim etilmoqda?

Umid Sobirov
Toshkent davlat yuridik universiteti, Konstitutsiyaviy huquq kafedrasi o‘qituvchisi

Xabaringiz bo’lsa kerak, joriy yilning 14-fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan muloqot qildi. Videoselektor shaklida o‘tgan uchrashuvda yoshlar uchun imkoniyatlarni yanada kengaytirish chora-tadbirlari muhokama etildi.

O‘zbekiston aholisining 60 foizini yoshlar tashkil etadi. Har yili mehnat bozoriga mutanosib ravishda 600 mingdan ortiq yigit-qizlar kiril kelmoqda va bu ko‘rsatkich yildan yilga oshib bormoqda. Shu sababli bo‘lsa kerak, azmu shijoatli yoshlarga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularga barcha sohalarda o‘z iqtidori va salohiyatini to‘liq namoyon etishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratib berish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi bo‘lib kelmoqda.

Xo‘sh, Prezidentning yoshlar bilan ochiq muloqotidan so‘ng huquqshunos yoshlar, umuman, ta’lim sohasi vakillari uchun qanday yangiliklar bo‘lishi kutilmoqda? Ular haqida quyida muhokama qilamiz.

Bundan avvalroq Prezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi Prezident Administratsiyasi huzuriga o‘tkazilishi hamda xorijda o‘qitish bo‘yicha yangi tizim joriy etilishi ma’lum qilingandi. Mazkur ushrashuvda esa „El-yurt umidi“ jamgʻarmasining energetika, transport, urbanizatsiya, zamonaviy arxitektura, tibbiyot yo‘nalishlarida kvotalari ko‘paytirililishi hamda xorijda ta’lim olib qaytgan yoshlar Milliy kadrlar zaxirasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritilishi, ular davlat organlariga tanlovsiz ishga olinishi bildirildi.

Bundan tashqari, Dunyoning nufuzli “TOP-100” oliygohlarida ilmiy daraja olgan 35 yoshgacha bo‘lgan yosh olimlarga uy-joy uchun 10 yil muddatga 800 million so‘mgacha foizsiz ssuda ajratilishi belgilandi.

Yoshlarning ta’limga rag‘atini oshirishga xizmat qilishi mumkin bo‘lgan yana bir muhim tashabbus “Yorqin kelajak” loyihasi joriy etilishi ma’lum qilindi. Bu loyiha iqtidorli, bilimga chanqoq, lekin og‘ir oilaviy sharoiti sababli o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lmagan yoshlarni xorijda o‘qitish bo‘yicha yaratilgan tizim hisoblanadi. Bunda:

  • har bir mahalladan ijtimoiy himoyaga muhtoj, bilimga chanqoq yoshlar saralab olinib, iqtidori aniqlanadi;
  • har bir mahalladan ijtimoiy himoyaga muhtoj, bilimga chanqoq yoshlar saralab olinib, iqtidori aniqlanadi;
  • ularni salohiyatiga mos xorijiy oliygoh tanlanib, tayyorgarlik kurslarida o‘qitiladi;
  • har yili saralashdan o‘tgan 1 ming yoshlar dunyoning “Top-100” oliygohlariga yuborilib, o‘qish va yashash xarajatlari qoplab beriladi. Ushbu maqsadlar uchun 300 mlrd so‘m mablag‘ ajratiladi.

Shuningdek, uchrashuvda ilgari surilgan ta’lim bilan bog‘liq yana bir yangilik – xususiy o‘quv markazlarida xorijiy tillarni o‘rganadigan yoshlarga xarajatlari “2+6” shaklida qoplab beriladigan bo‘ldi. Bunda o‘quv xarajatlarining dastlabki 2 oyi o‘quvchilarning o‘z mablag‘idan, qolgan 6 oyi davlat hisobidan to‘lab beriladi.

Yoshlar bilan muloqot davomida shuning bilan birga, boshqa muhim sohalar, jumladan, tadbirkorlik, IT hamda yoshlar siyosati haqida ham muhim tashabbus va g‘oyalar ilgari surildi.

Jumladan, Prezident tadbirkor yoshlarni qo‘llab-quvvatlovchi 3 ta muhim hujjatga imzo chekdi.

Birinchi hujjatga muvofiq, Yoshlar agentligi huzurida Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etilib, unga 100 million dollar mablag‘ ajratildi.

Endi tashabbuskor yoshlarning startap loyihalariga 2 milliard so‘mgacha investitsiya kiritiladi.

Ikkinchi qaror bilan oliygoh bitiruvchilari bandligini ta’minlash bo‘yicha yangi tizim yaratilmoqda. Buning uchun Milliy bankka 100 million dollar resurs beriladi.

Bank Oliy ta’lim vazirligi va Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda oliygoh bitiruvchilarining tashabbus va g‘oyalarini loyihaga aylantirish bo‘yicha yangi bank xizmatlari paketlarini joriy etadi.

Uchinchi hujjatga ko‘ra, Aloqabank yoshlarning biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlovchi tayanch “yoshlar banki”ga aylantirilib, bunga 200 million dollar ajratildi.

Bank o‘zini o‘zi band qilgan yoshlar loyihalari uchun 100 million so‘mgacha 7 yil muddatga imtiyozli mikroqarz ajratadi.

“Aloqa venchur” jamg‘armasi orqali startaplarga 50 mingdan 1 million dollargacha sarmoya kiritilib, mahsulot va xizmatlarni ichki va xalqaro bozorlarda sotish, biznes hamkor topish, qo‘shimcha investitsiyalar jalb qilishga ko‘maklashiladi.

Categories: Ilmiy maqolalar