EHM uchun dasturni (ma’lumotlar bazasi) davlat ro’yxatidan o’tkazish tartibi qanday?

Intellektual mulk huquqi

EHM uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazasi
EHM uchun yaratilgan va Agentlik tomonidan ro‘yxatga olinib patent (guvohnoma) berilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasiga mualliflik, shuningdek muallif(lar)ning yoki o‘zga huquq egasining shaxsiy va mulkiy huquqlari amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq himoya qilinadi.

Talabnomaga quyidagilar ilova qilinishi lozim:
1) EHM uchun dastur yoki ma’lumotlar bazasi muallif(lar)i va nomiga ro‘yxatdan o‘tkazish so‘ralayotgan shaxs, shuningdek, u(lar)ning turar joyi yoki manzili ko‘rsatilgan rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazish so‘ralgan ariza;
2) depozitga qo‘yiladigan EHM uchun dasturni yoki ma’lumotlar bazasini identifikasiyalovchi materiallar, shu jumladan, referat;
3) Patent olish uchun topshirilgan talabnomalarga belgilangan miqdorda patent boji to‘langanligini tasdiqlovchi yoxud to‘lov to‘lashdan ozod qilish, shuningdek, uning miqdorini kamaytirish asoslarini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.

Davlat boji:
EHM va ma’lumotlar bazasi uchun dasturlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va davlat ekspertizasidan o‘tkazish uchun talabnomalar berish bitta ixtiroga – BHMning 50 foizi.

EHM uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarini ro‘yxatdan o‘tkazish huquqi hamda ularni ro‘yxatdan o‘tkazish:
Ro‘yxatdan o‘tkazish talabnomasi kelib tushgach, Agentlik kerakli hujjatlarning bor-yo‘qligi va qoidalarning talablariga qanchalik muvofiqligini tekshirib natijasi ijobiy bo‘lsa, Reyestrga kiritadi, talabnoma beruvchiga guvohnoma topshiradi hamda Agentlikning rasmiy axborotnomasida e’lon qiladi.

Islombek Abdixakimov