Qachon va qanday holatlarda nikoh tuzish muddatini uzaytirish mumkin?

Nikohni qayd etish muddatini uzaytirish nikoh tuzuvchilarning birgalikdagi arizalariga binoan ko‘rib chiqiladi. Ayrim hollarda yetarli asoslar (nikohlanuvchi shaxslarning holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar olinmaganda) bo‘lgan taqdirda, shuningdek, FHDYo organining tashabbusi bilan ushbu muddat uch oygacha uzaytirilishi mumkin. Nikoh tuzilganini qayd etish tayinlangan kundan boshlab, uch oy ichida yo‘qlangan arizalar bo‘yicha nikoh tuzilgani qayd etiladi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

2016 yil 14 noyabrdagi 387-son qarori bilan tasdiqlangan “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalari”.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications