Oila qonunchiligini qo‘llash amaliyotidan kelib chiqib, nikohni qayd etish muddatini qisqartirish mumkin bo‘lgan holatlarga quyidagilarni misol qilish mumkin:
- agar nikohni qayd ettirish uchun ariza berganlar uzoq vaqt amalda birga yashagan bo‘lsalar;
- nikohni qayd ettirish uchun ariza bergan shaxslarning er-xotinlik munosabatlaridan tug‘ilgan bolalari bo‘lsa yoki xotin homilador bo‘lsa;
- kuyov yoki kelinning yaqin qarindoshlaridan biri og‘ir kasal bo‘lsa;
- ariza berganlardan biri uzoq muddatga chet elga yoki kelib-ketish qiyin bo‘lgan joyga xizmat safariga ketayotgan bo‘lsa;
- nikohni qayd ettirish uchun ariza bergan kuyov harbiy xizmatga chaqirilgan yoki nikohni qayd etish uchun belgilangan muddatni qisqartirishga asos bo‘ladigan boshqa holatlar uzrli sabab hisoblanib, bir oylik muddatni qisqartirishga asos bo‘lishi mumkin.