Qaytganimda uyda bo’l asaridan ostiga chizilgan parchalar (Elchin Safarli)

Hayot – hech kimga topshirib bo’lmaydigan yumushing, aniqrog’i o’z ustingda tinmay ishlashing.

***

Qushlar biz odamlarga tuyulganidek, mutlaqo erkin va ozod. Ular bizga o’xshab dardlarini eslatadigan joylarga borolmay o’tirishmaydi.

***

Odamlarga juda ko’p narsalar shunchaki tekinga beriladi. Ular esa haqiqiy go’zallikni qadrlash o’rniga uning qiymati va to’lovi ustida bosh qotiradi. Umr deya atalmish ne’mat o’tib borayotgan lahzadan lazzatlanish o’rniga qora kunlarga yig’inadi.

***

Agar ishlaring o’xshamasa, qo’lingga kitobni ol, u yordam beradi.

***

Bizga vaqtni boshqarish hukmi berilmagan, ammo uni nima bilan va qanday to’ldirishni o’zimiz hal qilamiz.

***

Hamma gapirayotganda sukut saqla. So’zlaring sevgi haqida jaranglasa ham, jarangiga ko’zyoshlaring hamrohlik qilsa ham gapir. Yoningdagilarni kechira olishni o’rgan. Shunda o’zing ham kechirilishga muyassar bo’lasan. Shoshqaloqlik qilma, ammo qayig’ing qayoqqa suzayotganligini ham sedan chiqarma. Balki, u yo’lidan adashgandir.

***

Hayot – bu shunchaki yo’l. Odimlashdan lazzat ol.

***

Odamning ulkan johilligi – barcha-barchasini boshidan kechirgani va his qilganligiga bo’lgan ishonchi. Bu esa haqiqiy keksalik va o’limdir. Keksalik deganim ajinlar-u oqargan sochlar emas, o’lim deganim nafas olishdan to’xtash degani emas. Bu o’lim kurashdan iborat hayot sahnasidan qo’l siltab ketmoq.

***

…odam qanchalar urinmasin, hayot sir-sinoatini to’laligicha idrok eta olmaydi. Biz ko’p narsalarning qanday v anima uchun aynan shunday tuzilganligini tushunib yetganday bo’lamiz o’zimizcha. Ammo har bir yangi kunnning kuydi-chiqdilari, mayda tashvishlariga yechim topolmay qolishimiz – bizlar hamon ona suti og’zidan ketmagan bandalar ekanimizni isbotlaydi. Bizning yagona burchimiz hayotni sevish, bir-birimizni ardoqlash.

***

Aqlsizlikning yarmi oqillikdan nishona, oqillikning yarmi aqlsizlikdan nishona.

***

Ko’pchilik e’tiqodlilar asl qiyofalarini yashirib riyoga qo’l urishadi.

***

Vaqtning izmida ekanligingni unut, bari iziga tushadi…

***

O’zing sira bo’lmagan joyga birovni boshlab kela olmaysan…

***

Shoshganingda vaqtga tobe bo’lib qolish mumkinligini unutma…

***

Umidsizlikni iblisning so’nggi va muhim quroli deb aytishadi. Bu qurolni kibr, rashk, nafrat kabi qurollari e’tiqodi o’ta mustahkamlarga ta’sir qilmaganida ishlatar ekan.

***

Tirik narsalar o’zgarib turishga mahkum…

***

Biz hammamiz bu dunyoga mehmonmiz va bizning tasarrufimizdagi vaqt juda oz.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications