“Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar tizimi hamda zamonaviy xizmatlar koʻrsatishni yana-da rivojlantirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.
Farmonga koʻra, Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzurida Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tashkil etildi.
Milliy markaz barcha turdagi davlat ilmiy va OTMning qishloq xoʻjaligi sohasida amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Qishloq xoʻjaligi sohasida taʼlim, ilm-fan va ishlab chiqarishning uzviy integratsiyasini taʼminlash boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengash faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
Shuningdek, quyidagilar tashkil etiladi:
● 2021–2022-yillarda Milliy markazning Respublika agroxizmatlar markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar agroxizmatlar markazlari;
● 2022-yildan boshlab bosqichma-bosqich qishloq tumanlarida Milliy markazning tuman agroxizmatlar markazlari.
Bundan tashqari, 2021-yil 1-martdan, tajriba tariqasida, Milliy markaz tizimidagi ilmiy-tadqiqot muassasalarida tadbirkorlarni jalb etgan holda kichik ilmiy-innovatsion korxonalar tashkil etiladi.
Farmon bilan Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar tizimini 2021-2025-yillarda ustuvor rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi.
Konsepsiya doirasida, jumladan, Milliy markaz huzuridagi 100 dan ortiq xizmatlarni koʻrsatish tizimini yoʻlga qoʻyish nazarda tutilgan.