“Qo‘rqinchli Tehron” asari haqida | Mushfiq Kozimiy

Eronlik mashhur yozuvchi Mushfiq Kozimiy qalamiga mansub “Qo‘rqinchli Tehron” asari dunyo adabiyoti durdonalaridan biri hisoblanadi. Mazkur asar bir qarashda bosh qahramonlar Farrux va Mahinning muhabbati-yu, ularning chekkan azob-uqubatlaridan iboratday tuyuladi, ammo undagi yashirin ma’no va voqealar rivoji, butun bir Eron jamiyatidagi XIX-XX asrlardagi holatni yorqin namoyon etib bera oladi. Asarda Muhammadkarim, Hazrati Eshon deya ulug‘lanuvchi din peshvolarining kirdikorlari, ilm-u fandan bexabar, johil insonlarni xuddi bir buyum kabi ko‘rishi va ulardan o‘z maqsadlari yo‘lida foydalanishi-yu, Ali Ashrafxon singari mansab-martabaga ko‘tarilish yo‘lida o‘z rafiqasini qurbon qiluvchi kimsalarning xatti-harakatlarini kuzata turib, hech bir ongli mavjudot ularga nisbatan oddiy “Inson”martabasini ham loyiq ko‘rmagan bo‘lardi. Chunki ularning qilmishlari insonlarga xos bo‘lgan insoniylik, mehr-oqibat, sadoqat kabi tuyg‘ulardan ancha yiroq.

Farrux, Javod, Iffat singari qahramonlarning hayotidagi duch kelgan qiyinchiliklari ham mana shunday kimsalarning xohis-istagi-yu, ularning ko‘ngilxushligi uchun amalga oshirildi. Asar voqelariga nazar solarkanmiz, yana bir haqiqatga amin bo‘lamizki, o‘sha davr hayotida ayollarning bir buyumchalik ham qadri bo‘lmagan. Abatta, bunda ularning ham aybi bor: ilm-ma’rifatdan yiroq, o‘z haq-huquqini talab qila olmaydigan insonlarning taqdiri, har qachon ham shunday qismat bilan yakunlanadi. Ammo bu yerda bir-ikkita odamni ayblab bo‘lmaydi. O‘sha davr butun bir Eron jamiyati shunday bo‘lsa, bunda kimni ayblay olamiz. Keyingi sodir bo‘lgan voqealar, Farrux va Mahinning ayanchli taqdiridan xabardor bo‘lgach, bunga yana bir bor ishonch hosil qilamiz.

 

Maqolani Munisa Hasanova tayyorlagan

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications