Qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirishning fuqarolar hayoti va tadbirkorlar faoliyatidagi ahamiyati, bu nima beradi?

Hayotimizning barcha jabhalari qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solingan. Bugungi kunga kelib, Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi (lex.uz) da ularning soni 35 mingdan ortiq.

Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimining maʼlum qilishicha, bir masala yuzasidan bir nechta hujjatlarning mavjudligi fuqarolar hayoti va tadbirkorlar faoliyatida quyidagi muammolarni keltirib chiqarmoqda:

birinchidan, fuqarolar va tadbirkorlar muayyan masala boʻyicha aynan qaysi hujjatga amal qilishi kerakligi yuzasidan savollarni tugʻdirmoqda, natijada masalani tushunish va unga huquqiy yechim topish uchun yuzlab hujjatlarni koʻrib chiqishga toʻgʻri kelmoqda;

ikkinchidan, huquqiy axborotdan foydalanishda va huquqshunos xizmatlari bilan bogʻliq sarf-xarajatlarning ortishiga sabab boʻlmoqda;

uchinchidan, hujjatlar oʻrtasida ziddiyatlar, takrorlanishlarni keltirib chiqarmoqda, va natijada hujjatlarni amaliyotda qoʻllanilishida qiyinchiliklar kelib chiqmoqda.

Shu kabi muammolarning dolzarbligini inobatga olgan holda Adliya vazirligi tomonidan barcha sohalarda qonunchilikni tizimlashtirish orqali qonunchilik bazasini qisqartirish yoki boshqa soʻz bilan aytganda kesib tashlash (“tartibga soluvchi gilyotina” usuli orqaliishlari samarali yoʻlga qoʻyilgan.

Qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirishning bir koʻrinishi bu – bugungi kunda oʻz ahamiyatini yoʻqotgan, aholining hayotiga taʼsir qilmayotgan hujjatlarni bekor qilishdirIkkinchi koʻrinishi bu – bir masala yuzasidan qabul qilingan
bir nechta hujjatlarni bekor qilib, ulardagi qoidalarni yagona hujjatga birlashtirishdir
.

Shu yoʻnalishda Jumladan, Adliya vazirligining takliflari asosida
2020-yilda 500 ga yaqin hujjatlarni bekor qilishni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni qabul qilindi. Shuningdek, kuni kecha 2000 ga yaqin Vazirlar Mahkamasining hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori qabul qilindi.

Shu kunlarda qonunchilik hujjatlarini kamaytirish boʻyicha Adliya vazirligi tomonidan navbatdagi qadam tashlandi. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Farmoni loyihasi jamoatchilik muhokamasiga chiqarildi.

Mazkur Farmon loyihasida quyidagilar taklif etilmoqda:

– tadbirkorlik, savdo, mulk huquqi, qurilish, xususiylashtirish, transport, sogʻliqni saqlash, pasport, propiska tizimi sohasidagi hujjatlarni toʻliq koʻrib chiqib, har bir soha kesimida ularni birlashtirish;

– oʻz ahamiyatini yoʻqotgan, bir-birini takrorlovchi va bugungi kun talablariga javob bermaydigan hujjatlarni aniqlash va ularni bekor qilish;

 eskirgan hujjatlarning kerakli qoidalarini predmeti boʻyicha yaqin boshqa hujjatlarga koʻchirish;

 davlat organlari faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarni tizimlashtirish orqali ularning sonini qisqartirish;

– yuqori yuridik kuchga ega boʻlgan hujjat shakliga oʻtkazish orqali ayrim idoraviy hujjatlarni bekor qilish.

Farmon loyihasida belgilangan ustuvor vazifalar oʻzining ahamiyati
va koʻlamidan kelib chiqib, juda keng qamrovli ishlar qilinishini taqozo etadi. Shu bois, ushbu yoʻnalishdagi ishlarni bosqichma-bosqich ravishda 2021–2025-yillar davomida amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

Qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish yoki boshqa soʻz bilan aytganda ularni kamaytirish:

birinchidan, fuqarolar va tadbirkorlar tomonidan aynan qaysi hujjatdan foydalansa, toʻgʻri boʻladi degan savolga yechim topiladi;

ikkinchidan, huquqiy axborotdan foydalanishda va huquqshunos xizmatlari bilan bogʻliq sarf-xarajatlar qisqarishiga xizmat qiladi;

uchinchidan, qonunchilikdagi takrorlanishlar va tafovutlarning bartaraf etilishiga olib keladi.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications