Qopqon – kichik hikoya

Kunlarning birida sichqon ferma xo‘jayini qo‘ygan qopqonni ko‘rib qoldi. U bu haqda qo‘yga, tovuqqa hamda sigirga aytib berdi. Ammo ular: “Qopqon bizning muammoimiz emas. Biz uning nimasidan qo‘rqamiz? Uning bizga hech qanday aloqasi yo‘q”, deb javob qaytarishdi.

Kunlardan bir kun qopqonga ilon tushib qoldi va xo‘jayinning xotinini chaqib oldi. Xotinining tanasidan ilonning zahrini chiqarib tashlash va unga quvvat bo‘ladi, degan umidda fermer tovuqni so‘ydi-da, undan xotiniga tovuq sho‘rva tayyorlab berdi. Kasalmand xotinini ko‘rishga kelayotganlar oldida uyalib qolmasligi uchun qo‘yni so‘ydi hamda uning go‘shtidan turli taomlar tayyorlab, mehmonlarni kutib oldi. Ammo, afsuski, xotini vafot etdi. Marakani o‘tkazish uchun fermer sigirni ham so‘yishga majbur bo‘ldi.

Bu o‘tgan vaqt mobaynida vaziyatni o‘z uyasidan kuzatib turgan sichqon bo‘lib o‘tgan hodisalar haqida fikr yuritardi…

Qissadan hissa. Bu hayotda hech kim hech narsadan himoyalanmagan, shu sababli boshqaning muammosiga befarq bo‘lmaslik kerak.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications