Ajrim

-3
0

Ajrimga ikki tomon rozi bolsa, qancha vaqtda ajrim tasdiqlanadi. Agar aliment to‘lashga talab qo‘yilmasa to‘lash majburiymasmi? Farzand ikkita bolsa ular kimda qoladi (4yosh va 1yosh)? Sudsiz ham ajrashish mumkin deb eshitdim, to‘g‘rimi? Ajrashgan fuqaro chet elda ishlashiga to‘sqinlik yo‘qmi?

  • You must to post comments
0
0

Assalom alaykum

Birinchidan, o’rtada voyaga yetmagan farzandlaringiz borligi sababli faqat sud orqali ajrashishingiz mumkin.
Sudsiz ajrashish faqatgina voyaga yetmagan farzandlari bo’lmagan, mol-mulkni bo’lish shart bo’lmagan va har er-xotinning ikkisi ham ajrashishga rozi bo’lgan holdagina yo’l qo’yiladi. Bunda FHDYO (ЗАГС) orqali ajrashiladi.

Ikkinchidan, hozirgi kunda amaliyotda sud orqali ajrashish uchun o’rtacha 8-9 oy ketadi. Sudning er-xotin yarashishi uchun 6 oylik muhlat berishi buning asosiy sababi hisoblanadi.

Uchinchidan, ona bolalar uchun aliment undirishni sud orqali talab qilmasa, aliment to’lash majburiy emas. Agar o’z ixtiyoringiz bilan aliment to’lab turishni istasangiz, unda notarius orqali bola onasi bilan aliment miqdorini kelishib olishingiz mumkin. Notarius orqali tasdiqlangan bunday kelishuv, sizning chet elda ishlashingizga to’sqinlik qilmaydi.

To’rtinchidan, agar aliment sud tomonidan undiriladigan bo’lsa, siz chet elga chiqolmaysiz. Bunday holda chet elga chiqish uchun alimentning qonunda belgilangan bir necha yillik miqdorini oldindan to’lab qo’yishingiz talab etiladi.

Beshinchidan, voyaga yetmagan farzandlarning kimda qolishi sud tomonidan hal qilinadi.

  • You must to post comments
Showing 1 result
Your Answer

Please first to submit.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications