Ajrim

0
0

Turmush qurganimga 5 oy bo‘ldi. 3 oy erimikida yashadim. Ayrim sabablarga ko‘ra ajrashmoqchiman. O‘rtada farzand yo‘q. Kuyov tomon esa ko‘chimni to‘yi harajati evaziga olib qomoqchi. Bunday qilishga haqqi bormi? Iltimos to‘liq malumot bering.

  • You must to post comments
0
0

Assalom alaykum.
Ushbu vaziyatda kuyov tomonning sizning mulkingizni to’y xarajati evaziga olib qolishga haqqi yo’q. Bunga asos shuki, Oila kodeksining 44-moddasiga muvofiq Nikohdan ajratish to’g’risidagi ish ko’rib chiqilayotganida to’yni o’tkazishga ketgan sarf-
xarajatlarni undirish haqidagi talablar qanoatlantirilmaydi. Ushbu holda siz fuqarolik sudiga mol-mulkni bo’lish to’g’risida da’vo arizasi bilan murojaat qilishingiz mumkin.
Shuningdek, sizning seplaringiz turmush o’rtog’ingiz bilan umumiy mulk hisoblanmaydi. Ya’ni SUDLAR TOMONIDAN NIKOHDAN AJRATISHGA OID ISHLAR BO’YICHA QONUNCHILIKNI QO’LLASH AMALIYOTI TO’G’RISIDA Oliy sud plenumi qarorining 21-bandiga muvofiq er-xotindan biriga nikohga kirgunga (to’yga) qadar tegishli bo’lgan mol-mulk, bu buyumlardan nikoh tuzilganidan so’ng foydalanilganligidan qat’iy nazar, birgalikdagi umumiy mulk tarkibiga kirmaydi (masalan, mebel, gilamlar, idish-tovoq va kelin sepini tashkil etuvchi boshqa mol-mulk).
Bu shuni anglatadiki, sud seplaringizni to’lig’icha sizning foydangizga undirib berishi lozim.

Islombek Abdixakimov
Umarodil Qodirov (t.me/Umar_Odil)
TDYU 2-kurs talabalari

  • You must to post comments
Showing 1 result
Your Answer

Please first to submit.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications