Ажрим

0
0

Ассалом алейкум. Илтимос ажрим тугрисида маълумот беринг. 7 ойлик кизим бор. Ажрашишга ариза ёзсам буладими, тулови канча ва ким тулиди? Агар фарзанди булса суд ажримга карор чикармидими?

  • You must to post comments
0
0

Assalom alaykum

Farzandingiz borligi nikohdan ajrashishingizga to’sqinlik qilmaydi. Nikohni bekor qilish uchun hududingizdagi Fuqarolik ishlari bo’yicha sudga murojaat qilasiz. Davlat bojini ajrashishga ariz bergan taraf to’laydi. Agar siz ariza bersangiz, demak, davlat bojini siz to’laysiz. Nikohni bekor qilish uchun davlat boji miqdori – eng kam oylik ish haqining 2 barabarini tashkil qiladi.

Ko’p hollarda sud taraflarga yarashish uchun 6 oy muhlat beradi. Agar ushbu muddat ichida taraflar yarashib ketishmasa va oilani bundan buyon saqlab qolish imkoni yo’q degan xulosaga kelinsa, ajrashish qanoatlantiriladi.

Nikohdan ajratish to’g’risidagi da’vo arizasi namunasi: https://drive.google.com/open?id=1CaV17UhGlOwthx3hwfbjO3RIK1BdLM7n

  • You must to post comments
Showing 1 result
Your Answer

Please first to submit.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications