Уй жой

0
0

Мен олдин хам мурожаат килган эдим лекин бу бошка масалада биз 2 каватли 4 подъездли уйда турамиз бизнинг хусусийлаштирилаётган уйларни бахолашда уйларнинг м2 ларига подъездларнинг хам квадратини кушиб куйишибди шу конунларимизда борми. Масалан менинг уйимнинг улчами 39.95 м2 лекин булар подъездни хам кушиб 47.32 м2 килиб куйишибди шундай килса буладими буларга?

  • Музаффар asked 5 yil ago
  • last edited 5 yil ago
  • You must to post comments
0
0

Assalom alaykum

Haqiqatdan ham orderda siz va singlingizning ismingiz kiritilgan bo’lsa va sizlar ushbu uyda doimiy ro’yxatda tursangiz, uy sizlarning nomingizga xususiylashtirib berilishi lozim. Lekin “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to’g’risida”gi qonunga ko’ra Xususiylashtirishning ikki usuli mavjud: 1. Sotib olish; 2. Bepul olish.
Shunga ko’ra, sizdan uyni xususiylashtirish uchun uni sotib olishni talab qilishi ham qonunga zid emas.

“Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to’g’risida”gi qonunning 16-moddasiga muvofiq, Fuqaro davlat uy-joy fondiga qarashli uydagi kvartirani (uyning bir qismini) o’z mulki qilib haqini to’lab sotib olish (yoki bepul olish) uchun o’zi istiqomat qilayotgan davlat uy-joy fondi tasarrufida bo’lgan tuman, shahar hokimiga, korxona, muassasa, tashkilot ma’muriyatiga ariza
beradi. Ariza uzog’i bilan ikki oy muddat ichida qarab chiqiladi.

  • You must to post comments
Showing 1 result
Your Answer

Please first to submit.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications