Bosh sahifa / 1.3 oyga aliment undirish

1.3 oyga aliment undirish

1
0

Assalomu aleykum! Men 2015 yilda turmush qurganidim 2017 yil 8 iyulda turmush urtogim oilaviy nizo sabab uylariga ketgan va 2017 yil avgust oyudan 2018 yil fevral oyi uchun aliment va moddiy taminot olib kelgan. 2018 yil Prezident ishchi guruhi uyma uy yurib muammolarni urganish jarayonida bizni m.f.y raislari ishchi guruh azolari proflaktika inspektorlari imom hatiblar bilan birgalikda yarsshtirib ketishgan va ushbu kuni m.f.y raislariga belgilatib ketishgan. 2019 yil 25 may kuni yana ketib qolib endi shu birgalikda yashagan 1 yilu 3 oy uchun aliment undirishga MIB ga ariza tashlabdi. Aliment undirishga haqqi bormi? Ahir birga yashaganmiz uziniyam bolaniyam taminotini qiganmiz?

  • You must to post comments
0
0

Assalom alaykum

Agar yarashgan vaqtingizda aliment undirish to’g’risidagi sud qarorini yarashganlik munosabati bilan bekor qildirgan bo’lsangiz, unda yaraashi birga yashagan 1 yil 3 oy muddatga aliment undirilmaydi.

Lekin agar yarashganingizdan so’ng undiruvni bekor qildirmagan bo’lsangiz, rasmiy jihatdan siz aliment to’lashni kechiktirgan deb topilasiz va sizdan mazkur bir yil 3 oy muddatda to’lanmagan aliment to’liq undiriladi.

Shuning uchun er-xotin yarashgan taqdirda rasmiy ravishda aliment undiruvini bekor qildirishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Bo’lmasam yuqoridagi vaziyatga o’xshab, taraflar yana nizolashib qolsa birgalikda yarashib yashagan davr uchun ham aliment to’lashiga to’g’ri keladi.

  • You must to post comments
Showing 1 result
Sizning javobingiz

Iltimos qabul qilish uchun oldin

Civil.uz | Yuridik maslahatlar

Bizni telegramda kuzatib boring!

Obuna
Bekor qilish