Assalomu alaykum
Biz turmush o’rtog’im bilan kreditga uy olgandik oilaviy kelishmovchilik sababli nikohimizni bekor qildirgandik. Oradan vaqt o’tib qayta nikohdan o’tdik hozirda esa yana ajrim yoqasidamiz. Menga doimiy yashah uchun ro’yhatdan utgan joyim( qaynonamniki)dan ham kreditga olingan uydan ham haqqim yo’q emish menga maslahat bersangiz qanday haq huquqlarim bor javob uchun oldindan rahmat.
- VLADIMIR BURKOV asked 5 yil ago
- last edited 5 yil ago
- You must login to post comments
Assalom alaykum
Mazkur holatda agar sud orqali ajrashsangiz, doimiy ro’yxatda turgan uyingiz xotiningiz bilan nikohda bo’lgan davringizda sizning yoki xotiningizning nomiga olingan bo’lsa, uyda har ikkingizning ham teng huquqlaringiz bo’lar edi va uy sud orqali bo’lib berilar edi. Ammo uy qaynonangizning nomida bo’lsa, bu uy bo’linmaydi. Modomiki, siz ushbu uyda doimiy ro’yxatda turar ekansiz, ajrashgan taqdiringizda ham sizning ushbu uyda yashash huquqingiz saqlab qolinadi.
Er-xotin sud orqali ajrashayotgan bo’lsa, kreditga olingan uyning kimda qolishi sudda bankning ishtirokida ko’rib chiqiladi va hal qilinadi. Ushbu holda uy uchun dastlabki to’lovni kim amalga oshirgani, oylik yoki yillik badal to’lovlarini kim amalga oshirgani hisobga olingan holda hal qilinadi.
- Islombek Abdixakimov answered 5 yil ago
- You must login to post comments
Please login first to submit.