Ajrashish

0
0

Men xotinim bilan avgust oyi boshida janjallashib qoldim uni urdim ertasi kuni onasi kelib qizini balinsaga etibdi va uni yotqizibdi balinsaga meni milisaga berdi menga jinoyat sudi 109 modda 2 band bilan 2 yil mobaynida oylik ish haqining 20% foiz har oyda tulashimni auydi mamuriy sud esa 5 oklat jarima qildi fuqarolik sudiga ajralishga ariza bergan sud 6 oy srok berdi 31 oktabr kuni yarashdik 2 bolam bor 31 oktabrdan 30 martgacha yashadik sud 6 oy muddati tugashiga 3 kun qolganda onasini tel qib chaqirdim qizi aytganimni qimayotganini qizini ob ketishini ajrashishga roziligimni aytdim 3 kundan sung sudga chaqirishdi bordik sud 6 oy muddat berganida yarashib kurganimizni lekin 3 kun oldin ajrashishga qaror qiganimizni aytdik xullas sudda meni mahalla raisim aybni70 80% ayb mendaligini sudga men haqimda xulosasida yozgan asosga ega bumasdan turib sud bizni ajrashishga asos yuqligini aytdi ajrashmoqchi busak qaytadan ariza berish kerakligini aytdi.2 nafar voyaga yetmagan qizlarim bor biri 4 yoshda 2 chisi 3 yoshda nima qisam 1 ta qizimni ola bilaman tez ajrashishim uchun nima qilishim kerak sud ajrashtirganida ariza bergan qancha jarima tulaydi fxdyo ga javob uchun oldindan raxmat

  • You must to post comments
0
0

Assalom alaykum

Oila kodeksining 44-moddasiga muvofiq nikohdan ajratish to’g’risidagi ishni ko’rishda er-xotin sudga nikohdan ajratilgandan keyin voyaga yetmagan bolalar ulardan qaysi biri bilan yashashi yuzasidan kelishuv taqdim etishlari mumkin.
Er va xotin o’rtasida kelishuv bo’lmagan taqdirda, shuningdek ushbu kelishuv bolalar yoki er-xotindan birining manfaatlariga zid ekanligi aniqlangan taqdirda sud nikohdan ajratilgandan keyin voyaga yetmagan bolalar ota-onasining qaysi biri bilan yashashini
aniqlashi kerak. Bunda sud ishni o’rganib chiqib, bolalarning manfaatini o’ylagan holda ularning kim bilan qolishini hal qiladi.

Fuqarolik ishlar bo‘yicha sudlarga beriladigan:
nikohni bekor qilish haqidagi da’vo arizalaridan – eng kam oylik ish haqining 2 baravari miqdorida
takroriy nikohni bekor qilish haqidagi da’vo arizalaridan — eng kam oylik ish haqining 4 baravari miqdorida;
nikoh bekor qilinayotganda mol-mulk bo‘lingan holda – boj da’vo bahosi bo‘yicha belgilanadi.

  • You must to post comments
Showing 1 result
Your Answer

Please first to submit.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications