Assalomu alaykum hotinim bilan turmush qurganimga 1 yil o`tti 2 oydan beri yashamayapmiz, farzand yo`q. Lekin hotinim ajrashishga rozi bo`lmayapti. Ajrashish to`g`risida MFYga, Xotin qizlar bo`limiga murojat qildim mol-mulklarini olib ketishini aytim ular olib ketmayapti sud bo`lmasdan olib ketishlari kerakmi ? shuning uchun va ajrashish sudga murojat qilmoqchiman.Farzand yo`qligi uchun turli nizolar kelib chiqdi va ajrashishga qaror qildim.Ajrashishga farzandsizlik sabab bo`la oladimi men ham umuman ko`nglim yo`q, turli hil ko`riklardan o`tkazdim. doktorlarga ko`rsattim ularni normalariga to`g`ri kelmadi. sudga davo arizasini bersam sud harajarlari qancha. Ajrashish uchun jarimasi bormi turli hil gaplar yuribdi. Ajrashishga to`la qaror qildim .
- You must login to post comments
Assalom alaykum
Ajrashish uchun aniq sabab qonun bilan belgilanmagan. Shunday ekan, ajrashishning sababini farzandsizlik deb keltirishingizga hech qanday to’sqinliklar mavjud emas.
Ajrashsish uchun fuqarolik ishlari bo’yicha sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilishingiz mumkin. Da’vo arizasi kiritilayotganda eng kam oylik ish haqining barabari miqdorida davlat boji to’laysiz. Shuningdek 15-20 ming atrofida sudga pochta xarajatlari uchun pul to’laysiz.
Ajrashish tog’risida sudning hal qiluv qarori chiqqanidan so’ng (odatda yarashish uchun 6 oygacha muhlat berilganidan so’ngham taraflar yarashib ketishmasa, sud nikohdan ajratish to’g’risida hal qiluv qarori chiqaradi), FHDYO organidan nikohni bekor qilishni qayd etish uchun eng kam oylik ish haqining 150 foizi miqdorida davlat boji to’laysiz. Qonun bilan belgilangan asosiy xarajatlar shulardan iborat.
- Islombek Abdixakimov answered 5 yil ago
- You must login to post comments
Please login first to submit.