Assalomaleykum. Men bo’lajak turmush o’rtogim nomidan yozyappan. U inson Sentyabr oyidan buyon hotini bilan faktik ajrashib ketgan. Ajrimga ariza yozaman desa ayoli tegiwli idoralarga yozib agar ajrawsa ozimni hamda bolalarni o’ldiraman deb bu insonga tahdid qilyapti. Hali qarasa gazni ochib qoyyapti. Hali mashinani tagiga farzandlarim bilan birga ozimni tashleman deyapti. Ayoli farzandlarini urib qolini sinsiryapti. Yana qolini kuydiryapti. Bu ayol bilan ajrashish qiyin bolyapti. Oila markazida agar ajrawsez biz Sizni qamatamiz degan javobni oldi. U inson qandey yo’l tutushi kerak. Javob uchun oldindan rahmat.
- You must login to post comments
Va alaykum assalom.Ushbu vaziyatda dastlab Oila markazi harakatlariga to’xtalib o’tmoqchimiz. Oila markazidagilarning «agar ajrashsangiz, qamatamiz» deb aytgan gaplari mutlaqo o’rinsiz. Ularning harakati ustidan fuqarolik sudiga da’vo arizasi bilan murojaat qilishingiz mumkin. Lekin hozir siz uchun bu muhim emas.
Asosiy masalaga qaytadigan bo’lsak, fuqaroning ajrashish to’g’risida sudga ariza berishini cheklashga na Oila markazining, na turmush o’rtog’ining haqqi bor. Lekin Oila kodeksining 39-moddasiga muvofiq xotinning homiladorlik vaqtida va bola tug’ilganidan keyin bir yil mobaynida er xotinning roziligisiz nikohdan ajratish to’g’risida ish qo’zg’atishga haqli emas. Ushbu holatdan boshqa barcha hollarda ajrashish uchun ariza berishga xotinning roziligi talab etilmaydi. Oila markazining esa buni cheklashga umuman haqqi yo’q.
Shuningdek, bo’lajak turmush o’rtog’ingizning ayoli farzandlariga jismoniy tazyiq o’tkazayotganini ham aytgandingiz. Agar aytganlaringiz rost bo’lsa, ushbu holda ayolni onalik huquqidan mahrum qilish mumkin. Ya’ni Oila kodeksining 79-moddasiga muvofiq ota-ona yoki ulardan biri ota-onalik huquqini suiiste’mol qilsa, bolalarga nisbatan shafqatsiz muomalada bo’lsa,jumladan jismoniy kuch ishlatsa,yoki ruhiy ta’sir ko’rsatsa,ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi mumkin.
Agar rostdan ham ajrashish tufayli bolalar sog’lig’i va hayoti xavf ostida qolishi mumkin deb hisoblasangiz, sudga bir vaqtning o’zida ham nikohdan ajralish, ham ota-onalik huquqidan mahrum qilish to’g’risida da’vo arizasi bilan murojaat qilishingiz mumkin.
Xulosa qiladigan bo’lsak, fuqaroning nikohdan ajralish to’g’risida sudga murojaat qilishini cheklash mumkin emas. Sizga malakali advokat yollashni ham tavsiya qilamiz. Negaki, yuqorida aytganingizdek muammoli vaziyatlarda advokat sizga to’g’ri yo’l ko’rsatib ishingizni ancha osonlashtiradi. Oila markazidagilar ham advokat bilan o’ylashib gaplashadi.
Bizga bildirgan ishonchingiz uchun minnatdormiz.
Islombek Abdixakimov
Toshkent Davlat Yuridik Universiteti 2-kurs talabasi
- Islombek Abdixakimov answered 6 yil ago
- You must login to post comments
Please login first to submit.