Ajrim

0
0

Ajrawiw qarorini ogandan song, nikoh uyi tasdiqlawi kerek ekan. Ajrim qogozga pechat qoyib beriw narxi qancha. Nimaga asosan pullik qilib belgilangan fxdyo tomondan

  • You must to post comments
0
0

Assalom alaykum

O‘zbekiston respublikasi Vazirlar mahkamasining “Davlat boji stavkalari haqida” qaroriga (533 03.11.1994) asosan:

FHDYO tomonidan

nikohning bekor qilinganligini qayd etganlik uchun:
voyaga yetmagan bolalari bo‘lmagan er-xotinlarning o‘zaro roziligi bo‘yicha er-xotinlarning biridan yoki ikkalasidan eng kam ish haqining 150 foizi miqdorida;
agar er-xotin birinchi nikohda bo‘lsa, sud qaroriga asosan eng kam ish haqining 150 dan 300 foizigacha bo‘lgan miqdorda (er-xotinning biridan yoki ularning ikkalasidan);
er-xotindan biri takroriy nikohda bo‘lsa, sud qaroriga asosan eng kam ish haqining 300 dan 400 foizigacha bo‘lgan miqdorda (er-xotinning biridan yoki ularning ikkalasidan);

davlat boji undiriladi.

Yuqorida keltirilgan qarorga asosan, sudning nikohdan ajratish to’g’risida hal qiluv qaroriga muvofiq FHDYO organi tomonidan nikohning bekor qilinganligini qayd etganlik uchun davlat boji undiriladi. Odatda davlat boji miqdori yuqoridagi qarorga asoslangan holda sudning hal qiluv qarorida aniq belgilab qo’yiladi.

Xullas, nikohdan ajratish uchun sudga ariza bergan vaqtingizda to’lagan davlat bojingizdan tashqari, nikohning bekor qilinganligini qayd etganlik uchun FHDYO organi uchun ham alohida davlat boji to’lashingiz shart.

  • You must to post comments
Showing 1 result
Your Answer

Please first to submit.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications