Ajrim

0
0

Assalomu aleykum.turmush urtogim bilan ajrashmoqchiman. Sudga ariza yozish uchun borsam homiladorligim sababli ajratmasligini aytishdi. Bola tugilib 1yoshga tulganda ariza berish mumkin ekan. Endi farzandim tugilmaguncha ajrasholmaymanmi

  • You must to post comments
0
0

Assalom alaykum.

Yuqoridagi vaziyatda Oila kodeksining 39-moddasi xato talqin qilingan. Unga ko’ra Xotinining homiladorlik vaqtida va bola tug’ilganidan keyin bir yil mobaynida er xotinining roziligisiz nikohdan ajratish to’g’risida ish qo’zg’atishga haqli emas.

Ushbu qoida faqat erkaklarga nisbatan qo’llaniladi. Ayollar homiladorlik paytida ham nikohdan ajratish to’g’risida sudga ariza berishi mumkin.

Siz bemalol nikohdan ajratish to’g’risida sudga ariza berishingiz mumkin. Arizangizni qabul qilishdan bosh tortish qonunga xilof sanaladi. Shunday harakatni sodir etgan Sudya yoki sudda ishlovchi boshqa xodim ustidan belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga shikoyat qilishingiz mumkin.

  • You must to post comments
Showing 1 result
Your Answer

Please first to submit.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications