ajrim

0
0

Assalomu alaykum meni savolim men o’qituvchi bb ishlayman erim bn urishib qoldik hozirda u ishdan bo’shatmoqchi bo’lyapti raxbarim ham agar ajrashsang ishdan bo’shataman deyapti shu to’g’rimi shaxsiy oilaviy muammoni deb mexnat shartnomani bekor qilib bo’ladimi? javob uchun oldindan raxmat

  • You must to post comments
0
0

Assalom alaykum

Rahbaringiz sizning oilaviy munosabatlaringiz va ahvolingiz tufayli sizni ishdan bo’shatishga haqli emas. Mehnat kodeksi 100-moddasiga ko’ra, quyidagi sabablardan birining mavjudligi ish beruvchi tomonidan mehnat shartnomasini bekor qilishning asosli ekanligini bildiradi:
1) texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o’zgarishlar, xodimlar soni
(shtati) yoki ish xususiyatining o’zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud
korxonaning tugatilganligi;
2) xodimning malakasi yetarli bo’lmaganligi yoki sog’lig’i holatiga ko’ra bajarayotgan ishiga
noloyiq bo’lib qolishi;
3) xodimning o’z mehnat vazifalarini muntazam ravishda buzganligi. Avval mehnat vazifalarini
buzganligi uchun xodim intizomiy yoki moddiy javobgarlikka tortilgan yoxud unga nisbatan
mehnat to’g’risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan ta’sir choralari
qo’llanilgan kundan e’tiboran bir yil mobaynida xodim tomonidan takroran intizomga xilof
nojo’ya harakat sodir qilinishi mehnat vazifalarini muntazam ravishda buzish hisoblanadi;
4) xodimning o’z mehnat vazifalarini bir marta qo’pol ravishda buzganligi.
Xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishga olib kelishi mumkin bo’lgan mehnat
vazifalarini bir marta qo’pol ravishda buzishlarning ro’yxati:
ichki mehnat tartibi qoidalari;
korxona mulkdori bilan korxona rahbari o’rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi;
ayrim toifadagi xodimlarga nisbatan qo’llaniladigan intizom haqidagi nizom va ustavlar
bilan belgilanadi.
Xodimning o’z mehnat vazifalarini buzishi qo’pol tusga egaligi yoki ega emasligi har bir
muayyan holda sodir qilingan nojo’ya harakatning og’ir-yengilligiga hamda bunday buzish tufayli
kelib chiqqan yoki kelib chiqishi mumkin bo’lgan oqibatlarga qarab hal etiladi;
5) o’rindoshlik asosida ishlamaydigan boshqa xodimning ishga qabul qilinishi munosabati bilan,
shuningdek mehnat shartlariga ko’ra o’rindoshlik ishi cheklanishi sababli o’rindoshlar bilan mehnat
shartnomasining bekor qilinganligi;
6) korxona rahbari, uning o’rinbosarlari, bosh buxgalter bilan, korxonada bosh buxgalter
lavozimi bo’lmagan taqdirda esa, bosh buxgalter vazifasini amalga oshiruvchi xodim bilan
tuzilgan mehnat shartnomasi mulkdorning almashishi sababli bekor qilinganligi. Mazkur asos
bo’yicha mehnat shartnomasini korxona mulk qilib olingan kundan boshlab uch oy mobaynida bekor
qilishga yo’l qo’yiladi. Xodimning vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davri, mehnat to’g’risidagi
qonunlar hamda boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan ta’tillarda bo’lgan vaqti, uzrli
sabablarga ko’ra ishda bo’lmagan boshqa davrlari bu muddatga kiritilmaydi;
7) xodimning pensiya yoshiga to’lganligi, qonun hujjatlariga muvofiq yoshga doir davlat
pensiyasini olish huquqi mavjud bo’lganda.
Xodim vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrida va mehnat to’g’risidagi qonunlar va boshqa
normativ hujjatlarda nazarda tutilgan ta’tillarda bo’lgan davrida mehnat shartnomasini ish
beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga yo’l qo’yilmaydi, korxona butunlay tugatilgan
hollar bundan mustasno.

Ish beruvchi yuqoridagi asoslardan biri mavjud bo’lgandagina sizni ishdan bo’shatishga haqli. Agar rahbaringiz haqiqatan ham sizni oilaviy nizolaringiz mavjudligi tufayli ishdan bo’shatsa, rahbar ustidan da’vo arizasi bilan Fuqarolik ishlari bo’yicha sud bilan murojaat qilishingiz mumkin.

  • You must to post comments
Showing 1 result
Your Answer

Please first to submit.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications