Ajrimga rozi bulmaslik

2
0

Assalomu aleykum. Ajrashishga erkak kishi rozi bulmasa nikohdan ajratmasligi mumkinmi va ajrimga rozi bulmagani uchub farzandiga aliment tulashdan bosh tortishga haqqi bormi

  • You must to post comments
-1
0

Assalom alaykum

Nikohdan ajratish uchun har ikkala tarafning rozi bo’lishi majburiy emas. Aksariyat hollarda amaliyotda bir taraf nikohni bekor qilishga norozi bo’ladi. Shunga ko’ra, Nikohdan ajratish to’g’risidagi talab, faqat, er-xotin bundan buyon birga hayot kechirishlarining va oila batamom buzilganligi sababli uni saqlab qolishning iloji yo’qligi aniqlangan holdagina sud tomonidan qanoatlantiriladi.

Agar bola siz bilan birga yashayotgan va ota bolasiga ta’minot berish majburiyatini ixtiyoriy ravishda bajarmayotgan bo’lsa, sizning arizangizga muvofiq sud tomonidan bolaga aliment undiriladi. Aliment undirish uchun ajrashgan bo’lish shart emas. Alimentning muhim sharti ota yoki onaning bolasiga ta’minot berishdan bo’yin tovlashi hisoblanadi.

  • You must to post comments
Showing 1 result
Your Answer

Please first to submit.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications