Assalomu aleykum. Turmush o’rtog’im bilan 4 oydan beri yashamaymiz. Homiladorligimda tashlab ketgan. Yaqinda farzandim tug’ildi. Nikohni bekor qilmay turib ham aliment uchun sudga murojat qilsam bo’ladimi. Qanaqa hujjatlar kerak bo’ladi. Javob uchun oldindan rahmat.
- You must login to post comments
Assalom alaykum
Aliment undirish uchun qonuniy tarzda ajrashgan bo’lish shart emas. Shuningdek, alimentni nafaqat farzandingiz, balki o’zingiz uchun ham undirishingiz mumkin (ishsizligingizni hisobga olib).
Turmush o’rtog’ingizdan aliment undirish uchun hududingizdagi fuqarolik ishlari bo’yicha sudga o’zingiz va farzandingiz uchun aliment undirish to’g’risida da’vo arizasi bilan murojaat qilasiz. Aliment undirish bo’yicha berilgan da’vo arizalaridan davlat boji undirilmaydi. Siz to’lashingiz kerak bo’lgan yagona to’lov sudning pochta xarajatlari uchun to’lanadigan 14200 so’m hisoblanadi.
Sudga da’vo arizasidan tashqari quyidagi hujjatlarni taqdim etasiz:
1.Nikoh guvohnomasi,
2.Passport nusxasi.
3. Farzandingiz metrkasi (tug’ilganlik tog’risidagi guvohnoma)
4. sud tomonidan so’raladigan boshqa hujjatlar.
- Islombek Abdixakimov answered 5 yil ago
- last edited 5 yil ago
- You must login to post comments
Please login first to submit.