Aliment haqida

0
0

Agarda alment tolab tursamda ishlagan boshqa yurtga chikib ishlasa boladmi

  • Sanjarbek jamolidinov asked 5 yil ago
  • last edited 5 yil ago
  • You must to post comments
0
0

Assalom alaykum

Oila kodeksining 145-moddasiga muvofiq siz chet elga ketayotganingiz sababli alment oluvchilar bilan aliment to’lash to’g’risida kelishuv tuzishingiz kerak. Ushbu kelishuv notarial tasdiqlanishi kerak.

Siz bunday kelishuvsiz chet elga chiqarilmaysiz. Chet elga chiqishda, shuningdek, OVIR vizasini olishda ushbu shartnoma nusxasini ko’rsatishingiz chet elga to’siqsiz chiqishingizga asos bo’ladi.

Agar kelishuvga erisholmasangiz, aliment oluvchi aliment miqdorining pul bilan to‘lanadigan qat’iy summada belgilanishi va alimentni bir yo‘la to‘lash to‘g‘risida yoki aliment evaziga muayyan mol-mulkni berish yoxud alimentni boshqa usulda to‘lash to‘g‘risidagi talab bilan sudga murojaat qilishga haqli. Bunda siz bir necha yillik aliment miqdorini birdaniga to’lashingiz kerak bo’ladi. Va bu holda chet elda bo’lgan paytingizda aliment to’lashingizga hojat qolmaydi.

Xullas, Chet elga chiqish uchun yo aliment to’lash to’g’risida notarial tasdiqlangan kelishuv shartnomasi yoki bir necha yillik aliment to’laganingizni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishingiz kerak. Bularsiz, aliment to’lovchilarning chet elga chiqish huquqi cheklanadi.

  • You must to post comments
Showing 1 result
Your Answer

Please first to submit.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications